2025-yil bahor-yozida trendidagi bo‘yoqlar
Ko‘p qirrali tuslar va turg‘un formulalar

yoz bo‘sag‘asida ayniqsa yengil, nozik va zamonaviy o‘zgarishlarni xohlaysiz. Bugungi kunda soch bo‘yash nafaqat tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish usuli, balki zamonaviy parvarish formulalari tufayli sochlar uchun stressni kamaytiradigan va ularning sifatini saqlashga yordam beradigan muolajaga aylandi.
ELLE O‘zbekiston L’Oréal Professionnel’ning asosiy trendlari va professional yechimlarini to‘pladi. Bu yechimlar allaqachon ko‘plab salonlarida o‘z aksini topgan bo‘lib, siz qulaylik bilan rang yangilashni tanlashingiz mumkin.
Nozik tus va sog‘lom yorqinlik
Quyosh nurlari ta’siri, mayin o‘tishlar va bir-biriga mos ohanglar - bu uslub bahor va yoz fasllarida ham dolzarbligini saqlab qolmoqda. Texnikalar orasida yaltiroqlik effektini beruvchi yumshoq, tabiiy bo‘yashlar mavjud bo‘lib, ular soch rangini yangilaydi va sochlarning parvarishlangan ko‘rinishini saqlaydi.
Ko‘plab ustalar L’Oréal Professionnel kompaniyasining Dia Color¹ mahsulotidan foydalanadilar. Bu mahsulot ammiaksiz, barqaror yarim doimiy bo‘yoq bo‘lib, tarkibida 92% gacha tabiiy ingredientlar mavjud².
U rang chuqurligini ehtiyotkorlik bilan qayta tiklaydi, oq sochlarni 70% gacha samarali qoplaydi va rangni olti haftagacha saqlab qoladi³. Bu bo‘yoq vositasi ingichka sochlardan to qalin sochlargacha bo‘lgan har qanday tuzilishdagi sochlar bilan atigi 20 daqiqada ishlash imkoniyati tufayli soch ustalari tomonidan yuqori baholanadi.
Mavsum favoriti – jigarrang
Agar qalbingiz to‘qroq ranglarni talab etsa, Dia Color¹ turkumidagi yangi Titan Brown¹ rang majmuasiga e’tibor qarating.
Dia Color tarkibidagi yangi Titan Brown palitrasi sochlarning tabiiy o‘tishlarini va tuzilishini ta’kidlab, aj
Rangning barqarorligi va to‘yinganligi
Tez-tez yuvilganda va quyosh nuri uzoq vaqt ta’sir etganda ham yorqinligini saqlab qoladigan barqaror, to‘yingan rang 2025-yil bahor va yozi uchun ajoyib tanlovdir. L’Oréal Professionnel’dan ammiaksiz INOA¹ doimiy bo‘yog‘i rangning uzoq muddat saqlanishini ta’minlaydi va sochning mayin hamda jilvalanishini saqlashni xohlovchilar uchun juda mos keladi.
ODS2¹ (Oil Delivery System¹) texnologiyasi, ya’ni bo‘yoqni moy bilan yetkazib berish tizimi tufayli, INOA oq sochlarni 100% gacha qoplash qobiliyatiga ega³.
Moslashtirish
Zamonaviy soch bo‘yash texnikasi – bu har doim individual yondashuvga asoslangan jarayon. Professional stilistlar mijoz bilan ishlashda sochning tuzilishi, strukturasi, oldingi bo‘yash tarixi va eng muhimi, mijozning orzu qilgan rangi haqidagi istagi kabi omillarni inobatga oladi.
Yengil tus berish yoki uzoq muddatli bo‘yash bo‘lishidan qat’iy nazar, bugungi kunda professional va yuqori texnologiyali vositalardan foydalanish odatiy holga aylanmoqda.
¹Dia Kolor, Titan Braun, INOA, Oil deliveri sistem
²Gammadagi barcha ranglar orasida tabiiy tarkibiy qismlarning eng yuqori foizi mavjud bo‘lib, ularning eng kam miqdori 84 foizdan boshlanadi.
³Instrumental sinov
⁴Dia Color (Dia Kolor) ranglari orasida
Hamkorlik materiali