TASDIQLAYMAN

“GEMINA PUBLISHING” MChJ direktori
Shavrina O.N.
Sana

FOYDALANUVCHI SHARTNOMASI

ATAMALAR

Ushbu Shartnomada quyidagi atamalardan foydalaniladi: 

foydalanuvchi – 18 yoshga to’lgan va veb-saytdan tanishish, taklifni qabul qilish va/yoki veb-sayt funksionalida nazarda tutilgan boshqa harakatlar maqsadida foydalanmoqchi bo’lgan yuridik qobiliyatli jismoniy shaxs; 

veb-sayt – Kompaniyaning https://elleuzbekistan.com manzilida joylashgan Internet-resursi: 

veb-sayt ma’muri – O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro’yxatdan o’tgan, Elektron Ommaviy Axborot Vositalarini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi 22.04.2024 yildagi 260078-son guvohnoma asosida ommaviy axborot vositalari (keyingi o’rinlarda «OAV» deb yuritiladi) sifatida faoliyat yurituvchi «GEMINA PUBLISHING» MChJ (keyingi o’rinlarda «Kompaniya» deb yuritiladi) yuridik shaxsdir.

«GEMINA PUBLISHING» mas’uliyati cheklangan jamiyati

INN: 310 985 218

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi,

Toshkent sh., Mirobod tumani, Eski Otchopar dovoni, 3-uy.

h/r: 20 20 8000 6057 2890 7001

ATB «Universalbank»

Toshkent shahar filiali

MFO: 00 973; 

FOYDALANISH SHARTLARI

  1. Foydalanuvchi shartnomasi (keyingi o‘rinlarda “Shartnoma” deb yuritiladi)ning predmeti foydalanuvchiga veb-sayt funksiyalaridan foydalanishni ta’minlash hisoblanadi.
  2. Veb-sayt Foydalanuvchiga quyidagi funksiyalarni taqdim etadi: 
  • Veb-saytning qidiruv va navigatsiya vositalariga kirish;
  • Saytda joylashtirilgan materiallarga bepul kirish;
  • Shaxsiy profil yaratish;
  • Ijtimoiy aloqalarga kirishish (tanlangan materiallar, materiallar bilan bo’lishish, yoqtirgan materiallar);
  • Media materiallariga oldindan buyurtma berish imkoniyati;
  • Axborot va marketing xabarlariga obuna bo’lish imkoniyati;
  • cookie-fayllarni sozlash imkoniyati;
  • Veb-sayt tilini o’zgartirish (ENG, RU, UZB)

.3. Shartnoma ommaviy oferta hisoblanadi. Veb-saytga kirish orqali Foydalanuvchi Shartnomaning barcha shartlariga rozilik bildiradi. Agar norozilik yuzaga kelsa, Foydalanuvchi veb-saytdan foydalanishni darhol to’xtatishi lozim.

  1. Veb-sayt materiallari va xizmatlaridan foydalanish O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
  2. Saytdagi barcha materiallar Kompaniya va/yoki uning hamkorlari mulki hisoblanadi. Kompaniya intellektual mulkka, jumladan matnlar, fotosuratlar, audiovizual materiallar, grafikalar, savdo belgilari, logotiplar va boshqalarga nisbatan to’liq huquqlar egasidir.
  3. Foydalanuvchi «ELLE» brendi savdo belgisi ekanligini tan oladi va Foydalanuvchi kompaniyaning yozma roziligisiz savdo belgisidan foydalana olmaydi.
  4. Foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlarini va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tasdiqlangan boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlarni buzish deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarga, shuningdek veb-sayt va Kompaniya faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan har qanday xatti-harakatlarni bajarmaslikka  rozilik beradi va buni o‘z zimmasiga oladi. 
  5. Foydalanuvchi veb-sayt materiallaridan ma’lumot uchun erkin foydalanish huquqiga ega (veb-sayt materialini kompyuter yoki smartfon ekranida qabul qilish va ko’rsatish). 
  6. Veb-sayt materiallaridan to’liq yoki qisman, shu jumladan matn, sarlavha, subtitr, fotosuratlar, video, audio materiallar, illyustratsiyalar, animatsiyalar va boshqa materiallardan boshqa maqsadlarda foydalanishga faqat Kompaniyaning yozma ruxsati bilan yo’l qo’yiladi.   
  7. Veb-saytda joylashtirilgan matn/foto/video materiallardan qisman yoki toʻliq foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi
  8. Agar qonun bilan himoyalangan veb-sayt materiallaridan nusxa ko’chirish, tarqatish, nashr qilish yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat olinsa, matnning birinchi yoki ikkinchi jumlalarida asl materialga faol havolasiz nusxa ko’chirish, tarqatish, nashr qilish yoki boshqa foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Ishlatilgan material ostida to’g’ridan-to’g’ri imzo bo’lishi kerak: «manba _________ (veb-sayt nomi)». 
  9. Veb-saytdagi fotosuratlar, videolar, rasmlar va boshqa materiallarni har qanday usulda tahrirlash taqiqlanadi. 
  10. Saytda e’lon qilingan materiallardan qonunga xilof ravishda foydalangan shaxslar materiallardan ruxsat etilmagan nusxa ko‘chirish va foydalanganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 
  11. Foydalanuvchi mualliflik huquqini, savdo belgisini, mahsulot nomi, tijorat sirini yoki uchinchi shaxsning boshqa shaxsiy yoki mulkiy huquqlarini buzish vakolatiga ega emas.
  12. Kompaniya o’z xohishiga ko’ra boshqalarning mualliflik huquqi va qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa huquqlarini buzgan Foydalanuvchilarning foydalanish huquqini cheklash huquqiga ega, shuningdek, veb-saytdagi Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan materialni o’z xohishiga ko’ra hamda ogohlantirmasdan ko’rib chiqish, tahrirlash, ko’chirish yoki o’chirish huquqini o’zida saqlab qoladi, lekin zimmasiga olmaydi.
  13. Kompaniya va uning filiallari veb-saytdan uzluksiz foydalanishni, shuningdek, uzatilgan ma’lumotlarning nosozliklar, xatolar, kamchiliklar yoki yo’qolishlarsiz bo’lishini, hamda xizmatdan foydalanishda viruslar bo’lmasligini bildirmaydi yoki kafolatlamaydi. 
  14. Kompaniya va uning filiallari Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslar oldida veb-saytga kirish yoki unga kirish imkoni bo’lmasligi natijasida kelib chiqadigan har qanday bevosita, bilvosita, muayyan zararlar uchun javobgar emas, shu jumladan veb-sayt yoki veb-saytdagi ma’lumotlar va materiallardan foydalanish paytida yuklangan viruslar uchun, shikoyat turi yoki da’voning xususiyatidan qat’i nazar, hattoki bunday zarar ehtimoli borligi haqida hech qanday xabar bo’lmagan bo’lsa ham, javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
  15. Foydalanuvchi veb-saytning barcha materiallari va xizmatlarida yoki uning ma’lum bir qismida reklama bo’lishi mumkinligi haqidagi shartni qabul qiladi. Foydalanuvchi veb-sayt ma’muriyati reklama bilan bog’liq hech qanday javobgarlik va majburiyatlarga ega emasligiga rozilik bildiradi.
  16. Veb-saytda ma’lum bir materiallarni mjoylashtirish davomida Ma’mur yoki uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari tufayli o’zining huquq va manfaatlari buzilgan deb hisoblagan Foydalanuvchi [email protected] manzili orqali Ma’murga shikoyat yuboradi.
  17. Kompaniya vaqti-vaqti bilan Shartnomani o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi. Ushbu veb-saytdan foydalanish Foydalanuvchining Shartnomaga kiritilgan barcha o’zgartirish va qo’shimchalarga roziligini bildiradi, shuning uchun vaqti-vaqti bilan ushbu sahifani tekshirish tavsiya etiladi. 

Foydalanuvchi ushbu Shartnomaning barcha bandlari bilan tanishganligini tasdiqlaydi va ularni hech qanday shartlarsiz qabul qiladi. 

Agar norozilik yuzaga kelsa, Foydalanuvchi veb-saytdan foydalanishni darhol to’xtatishi lozim.

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin