ELLE jamoasi
ELLE O’zbekiston jamoasi haqida
O’zbekiston ayollari uchun №1 media platforma jamoasi haqida.
Yangilangan: 7 iyunda ELLE jamoasidan
ELLE ga xush kelibsiz!
ELLE – bu moda, go‘zallik, madaniyat va turmush tarziga o‘ziga xos yondashuvi bilan mashhur bo’lgan xalqaro brenddir. Bizning vazifamiz – sizning o’ziga xosligingizni ta’kidlaydigan va o’zingizga, qobiliyatlaringizga va uslubingizga ishonishingizni oshirishda yordam beradigan ilhom va foydali maslahatlarni siz bilan baham ko’rishdir.
Biz siz uchun hattoki eng kichik tafsilotlargacha o’ylab chiqilgan, manfaatlar bilan qiziqishlar bir joyda jamlangan, yuqori moda tendensiyalari kundalik hayotga osongina moslashtirilgan o’zingizni erkin va ishonchli his qila oladigan kontent yaratishga intilamiz
Muhabbat va ehtirom ila,



BIZNING VAZIFAMIZ
ELLE O’zbekiston – o‘zbek tilida gapirishni boshlagan birinchi ayollar uchun xalqaro brend hisoblanadi. Modaga e’tibor qaratgan holda, biz zamonaviy jamiyatni aks ettiramiz, mushtariylarimizni tendentsiyalar, go’zallik, turmush tarzi va madaniyatga yo’naltiramiz va ilhomlantiramiz.
Biz global ilhomni jalb qilamiz, eng yaxshi jahon amaliyotlariga e’tibor qaratamiz va ularni mahalliy bozorga moslashtiramiz. ELLE O‘zbekiston jamoasi O‘zbekiston ayollarini ilhomlantirish, mahalliy iste’dodlarni izlash va rivojlantirish hamda sifatli jurnalistika g’oyasini targ‘ib qilishga intiladi.
JAMOA
Oleg Drobot
CEO ELLE Oʻzbekiston
Multipreneur, moda va musiqa sohasidagi iste'dodlar ustozi, xayriyachi. O’z iste'dodiga ishonish muvaffaqiyatli karyera kaliti deb hisoblaydi. Va uning shiori bu aynan hozir o’zingizni maksimal darajada anglashingiz mumkin bo'lgan vaqtdir.
Natasha Kasatkina
PUBLISHER, FASHION DIRECTOR
Moda olami mutaxassisi, Talent Management Company – Gemina.Corp asoschisi, xalqaro brendlar bilan ishlashda ko'p yillik tajribaga ega professional model. O'zining shaxsiy misolida kumirlar yaratishingiz emas, balki o'zingizni ustingizda ishlash qanchalik muhim ekanligini ko'rsatib kelmoqda.
Janna Varnavskaya
STYLE DIRECTOR
Janna odamlarni, ularning o'zaro munosabatlarini va qiziqishlarini kuzatishni yaxshi ko'radi. Uslubiy Direktor/Stil-direktor o’laroq ajoyib didga ega va urflar va yangi trendlarni his qila oladi.
Veronika Varvianska
ART DIRECTOR
Veronika ELLE Oʻzbekistonning barcha ko’rgazmali/vizual va gʻoyaviy mazmuni uchun javobgar shaxsdir. U dizayn, brending va jamoani boshqarishda katta tajribaga ega. U hozirda bir vaqtning o’zida ikki mamlakatda yashab kelmoqda: Ukrainada va Londonda.
Elena Grebenyuk
FINANCE DIRECTOR
Elena byudjetni rejalashtirish va biznesni rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Butun ELLE Oʻzbekiston jamoasi bilan doimo aloqada bo’ladigan inson. Excelda murakkab shakllarni yaratish uning uchun maroqli hordiq hisoblanadi, qandolatchilik bilan esa o’zgacha ishtiyoq bilan shug’ullanadi
NEGA AYNAN ELLE?
ELLE – bu yosh yoki status emas, aksincha fikrlash uslubidir. Biz atrofimizga iqtidorli, aqlli va zamonaviy ayollarni to’playmiz hamda ularni yanada rivojlanishga undaymiz va buni amalga oshirish uchun ilhom va kuch topishda yordam beramiz.
ELLE qisman reklama orqali qo’llab-quvvatlansa-da, bizning kontentimiz mustaqil ravishda yaratiladi va jurnalistika standartlariga to’liq javob beradi.
ELLEDA KARYERA
Bizning jamoamiz har doim turli sohalarda: marketing, savdo, ishga jalb qilish bo’yicha mutaxassislardan boshlab mualliflar, fotosuratchilar, rejissyorlar va videograferlargacha bo’lgan yangi iste’dodlarni qidiradi.
Agar siz ELLE O‘zbekistonning bir qismiga aylanishni xohlasangiz rezyume, portfolio yoki eng sara ishlaringizning namunalarini quyidagi elektron pochta orqali yuboring: