2025-yil kelinlari uchun ilhom
To‘y obrazini izlashni nimadan boshlash kerak va qaysi uslublar sizga mos kayfiyatni topishga yordam beradi?

To‘yga tayyorgarlikning eng ilhomlantiruvchi bosqichlaridan biri — bu o‘z obrazingizni yaratishdir. Bu yerda qat’iy qoidalar yo‘q: kimdir an’analarni saqlamoqchi, kimdir ularni yangicha talqin qilmoqchi, yana kimdir uchun kelin obrazining o‘zi — bu o‘zini ifoda etish vositasidir. Hammasi oddiy, ammo muhim savoldan boshlanadi: "Bu kunni qanday kayfiyatda o‘tkazishni xohlaysiz?"
Ilhom manbai har qanday narsa bo‘lishi mumkin: gullarning ohangi, musiqaning ohangdorligi, matoning teksturasi, buvingiz sandig‘idan chiqqan ko‘ylak yoki birgina ta’sirli detal — masalan, vintage brosch yoki yorqin tufli. ELLE O‘zbekiston siz uchun sizga mos bo‘lgan kayfiyatni topishga yordam beradigan turli uslubiy yo‘nalishlarni to‘pladi. Aralashtiring, moslashtiring, o‘zgartiring — va o‘z obrazingizni yarating: u shunchaki chiroyli emas, balki butunlay sizniki bo‘lishi kerak.
Vaqtdan tashqari klassikalar
Toza chiziqli oq libos, engil fota, muloyim make-up, silliq yig‘ilgan sochlar yoki to‘lqinli buklalar, klassik tufli va gulchambar — atirgul, pion yoki nilufar gullardan. Bu obraz doimiy ishlaydi: nafis, ixcham va marosimona. Ko‘pchilik aynan shu uslubdan boshlaydi — keyin esa detallar bilan o‘ynab, uni soddalashtiradi yoki murakkablashtiradi.

fotо: spotlight \ hera couture

fotо: spotlight \ Justin Alexander
Zamonaviy ko‘z bilan
Noodatiy kesimdagi liboslar, dolzarb materiallar, jasur bo‘yoqlar, noodatiy taqinchoqlar — bu klassik to‘y andozasidan chiqmoqchi bo‘lganlar uchun. Bu uslubda minimalistik grafik shakllar ham, yorqin ranglar va kutilmagan teksturalar ham bo‘lishi mumkin. Sukkulentlar, quritilgan gullar yoki noodatiy o‘simliklardan iborat buketlar ayni shu ruhda. Bunday obraz shaxsiy yondashuvni maksimal darajada ifodalaydi.

fotо: spotlight \ sassi holford

fotо: spotlight \ Justin Alexander
Vintaj kayfiyat
Ma’lum bir davrga moslashtirilgan stilizatsiya obrazga chuqurlik va xarakter baxsh etadi. Bu A-siluetli ko‘ylak, Gollivudcha soch to‘lqinlari, vintaj sirg‘alar, kashtali fota yoki oilaviy taqinchoq bo‘lishi mumkin. Sizga qaysi o‘n yillik yaqin — 20-yillar, 50-yillar yoki 70-yillar — va uni qanday talqin qilmoqchisiz, hammasi shunga bog‘liq.

fotо: spotlight \ lib bridal

fotо: spotlight \ soucy
Boho yengilligi
Boho — bu qulaylikni, tabiiylikni va biroz bohem estetikani qadrlaydiganlar tanlovi. Erkin kesim, yengil oqib tushuvchi matolar, dala gullaridan chambar, sandal yoki umuman yalangoyoq, erkin to‘kilib turgan sochlar va minimal bo‘yoq. Bunday obraz ayniqsa tabiat bag‘ridagi to‘ylar uchun juda mos: o‘rmon, daryo bo‘yi yoki bog‘.

fotо: spotlight \ Nardos

fotо: Spotlight \ arodaky
Yorqin aksentlar
Hatto eng oddiy obrazni ham bitta detal bilan o‘zgacha ifodalash mumkin. Bu yorqin buket, rangli taqinchoq, aksentli tufli, manikyur yoki bosh kiyim bo‘lishi mumkin. Muhimi — me’yorni bilish. To‘g‘ri tanlangan bitta detal butun obrazni yig‘ib, uni yodda qolarli qiladi.

fotо: spotlight \ berta

fotо: spotlight \ Monique Lhuillier
To‘y uslubi — bu har doim klassika yoki shov-shuv emas. Bu — tafsilotlar orqali o‘z holatingizni topish, o‘zingizni qulay his qiladigan, esda qoladigan kunni yaratish imkonidir.