2025-yilda kutilayotgan mashhurlar to‘ylari

Uzuklar, qasamlar, mehrob - “ha” so‘zi abadiy yangraydigan payt

27 Fev 2025
fotо: instagram \ @selenagomes

2025-yilda shou-biznes olami ulkan to‘y tantanalarini intizorlik bilan kutmoqda. Ba’zi juftliklar allaqachon unashtirilganliklarini e’lon qilishgan, boshqalari esa, mish-mishlarga ko‘ra, muhim qadamga tayyorlanmoqda. Keling, to‘ylari 2025-yilning eng shov-shuvli voqealaridan biriga aylanishi mumkin bo‘lgan mashhur juftliklar bilan tanishamiz.

Robert Pattinson va Suki Uoterxaus

Robert Pattinson va Suki Waterhouse o‘rtasidagi romantik munosabatlar 2018-yilda boshlangan. Ommaviy e’tiborga qaramay, juftlik o‘z munosabatlarini sir saqlashga harakat qilgan va jamiyat oldida kamdan-kam holatlarda birga ko‘ringan. Biroq, 2023-yilda ular birinchi marta rasmiy ravishda birgalikda chiqish qilib, jiddiy niyatlarini tasdiqlashdi. 2023-yil dekabr oyida Suki homilador ekanligi ma’lum bo‘ldi. 2025-yil boshida esa insayderlar sevishganlar Karib orollaridan birida yaqin do‘stlari va qarindoshlari davrasida maxfiy tarzda turmush qurganliklarini xabar qilishdi.

fotо: instagram \ @elleusa

Zendeya va Tom Holland

Zendaya va Tom Hollandning sevgi hikoyasi haqiqiy Gollivud ertagiga o‘xshaydi. Ular “O‘rgimchak odam” filmini suratga olish jarayonida tanishishgan, ammo uzoq vaqt davomida o‘zaro munosabatlarini inkor etishgan. 2021-yilda paparatsilar ularni o‘pishayotgani aks etgan suratni tarqatib yuborganidan keyin, bu ikki yulduz o‘rtasida do‘stlikdan-da chuqurroq bog‘liqlik borligi ayon bo‘ldi. Shundan so‘ng ular bir necha bor o‘z munosabatlarining jiddiy ekanligini bildiruvchi ishoralar qilishdi. 2024-yil oxirida esa unashtirilganliklari haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Hozircha Zendaya va Tom rasmiy bayonot bermagan bo‘lsa-da, muxlislar 2025-yilda ularning turmush qurishlariga ishonishmoqda.

fotо: instagram \ @tomholland

Selena Gomez va Benni Blanko

Qo‘shiqchi Selena Gomez va musiqiy prodyuser Benni Blanko o‘rtasidagi romantik munosabatlar boshlanishidan oldin ular o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida tanish bo‘lishgan. Ularning munosabatlari 2023-yil oxirida, Selena ijtimoiy tarmoqlarda birgalikdagi ta’sirli suratlarni ulashgach, oshkor bo‘ldi. O‘shandan beri juftlik his-tuyg‘ularini yashirmay, muntazam ravishda ommaviy tadbirlarda birga qatnashmoqda. 2024-yil dekabr oyida Benni Selenaga turmush qurishni taklif qilgani va u rozi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. To‘yning aniq sanasi hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, ko‘plab manbalar marosim 2025-yilda bo‘lib o‘tishini taxmin qilmoqda.

fotо: instagram \ @selenagomes

Adel va Rich Pol

Adel va Rich Pol 2021-yilda munosabat o‘rnatishgan. Ularning aloqalari tez rivojlandi va 2024-yil avgust oyida Myunxendagi konsert paytida Adel rasman unashtirilganini e’lon qildi. Bir muxlis unga turmush qurish taklifini bildirganida, u hazil bilan javob qaytardi: : “Men senga turmushga chiqa olmayman, chunki allaqachon unashtirilganman!”, deb javob berdi. Rich Adelning ona shahri Tottenxemda unga turmush qurishni taklif qilgan, bu esa voqeaga alohida ma’no bag‘ishlagan. Juftlik 2025-yilda to‘y qilishni rejalashtirmoqda va bu tadbir dunyodagi eng yorqin shou-biznes voqealaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

fotо: instagram \ @adele

Ledi Gaga va Maykl Polanski

Ledi Gaga va tadbirkor Maykl Polanski 2019-yilda munosabat boshlashgan. 2024-yil iyul oyida Parij Olimpiadasi paytida Ledi Gaga bexosdan ularning unashtirilganligini ma’lum qilib qo‘ydi – Fransiya bosh vaziri bilan suhbatda Mayklni o‘zining qaylig‘i deb atadi. Juftlik 2025-yilda to‘y qilishni rejalashtirmoqda va bu voqea butun dunyo bo‘ylab muxlislarning e’tiborini tortishi shubhasiz.

fotо: instagram \ @ladygaga

Emma Roberts va Kodi Jon

Aktrisa Emma Roberts va aktyor Kodi Jon 2024-yil iyul oyida unashtirilganliklarini e’lon qilishdi. Emma ijtimoiy tarmoqlarda quvonchli xabar bilan bo‘lishib, Kodi bilan birga tushgan, unashtiruv uzugi ko‘rinib turgan suratni e’lon qildi. Juftlik 2022-yilda munosabat boshlagan va ularning aloqalari tez orada jiddiy tus olgan. To‘y 2025 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan va Emma oq libosda paydo bo‘ladigan o‘sha unutilmas onni hammamiz sabrsizlik bilan kutyapmiz.

fotо: instagram \ @emmaroberts

Maqolani baham ko'ring

Related articles