CHAYON

30 Iyul 2024

Chayonlar uchun avgust munosabatlari oydinlashadigan oy bo‘lishi mumkin. Buni salbiy narsa deb qabul qilmasligingiz kerak, chunki siz uchun  biror inson bilan ziddiyat  bu munosabatlarning yangi darajasiga chiqish uchun qadamdir. Juftingizni  sababsiz rashk qilmaslikka harakat qiling. Meros yoki birovning puli bilan bog‘liq masalalarni hal qilishingizga to‘g‘ri keladi. 5-avgustdan 28-avgustgacha Retrograd Merkuriyning ta’sirini hisobga olib, hujjatlarni imzolashda alohida e’tiborli bo‘ling. Yirik xaridlarni 15-avgustdan keyin rejalashtirgan ma’qul. Shu bilan birga, romantik munosabatlarga e’tibor qaratgan ma’qul. Mayda-chuydalar tufayli janjalni avj oldirmaslik uchun juftingizni tinglashga harakat qiling.

Maqolani baham ko'ring