CHAYON
5-avgustdan 11-avgustgacha Chayonlarda tashqi dunyo bilan o‘zaro munosabatlar murakkablashishi mumkin. Agar ilgari professional mavzudagi har qanday suhbatlaringiz muvaffaqiyatli kechgan bo‘lsa, hozir pauza qilish yaxshiroqdir. Siz juda yaxshi ishladingiz, bilimingiz va faol harakatlaringiz o‘z natijasini berdi. Ko‘chmas mulk sotib olish, ko‘chib o‘tish yoki shunchaki boshqa muhitda, notanish joyda bo‘lish uchun omadli vaqt. Hafta oxirida sayohatga otlaning, machitlar va ziyoratgohlarni ziyorat qiling yoki shunchaki bog‘, o‘rmon, qo‘riqxona yoki bora oladigan joylaringizga sayr qiling. Do‘stlar va bolalar bilan muloqot qilish ham qulay bo‘ladi. Sizning intuitsiyangiz muvaffaqiyat sari yo‘lni ko‘rishga yordam beradi, sizning tabiiy xarizm va magnetizmingiz esa munosabatlarda uyg‘unlikka erishishga yordam beradi.