QISQICHBAQA

13 Sen 2024

16-sentyabrdan 22-sentyabrgacha bo‘lgan hafta Yuksalayotgan Qisqichbaqa burji vakillari uchun jiddiy ichki o‘zgarishlar davri hisoblanadi. Ong ostingizni anglash uchun energiyangizni o‘tmishdagi voqealarni o‘rganishga yo‘naltiring. Do‘stlaringiz va hamfikrlaringiz qo‘llab-quvvatlovi, birgalikdagi faoliyat sizni shijoat va g‘ayrat bilan to‘ldiradi. Ushbu davrda aqlingiz juda faollashadi va moliyaviy masalalar hamda holatingizni yaxshilash bilan band bo‘ladi. Pullar kelib-ketishni boshlaydi. Daromadlar/xarajatlar hisobini yuritish, xarajatlarni rejalashtirishning ayni vaqti. Dam olish uchun vaqt ajrating – bu salomatligingizni mustahkamlaydi.

Maqolani baham ko'ring