BALIQ

18 Sen 2024

Yuksalayotgan Baliqlar uchun 23-sentyabrdan 29-sentyabrgacha bo‘lgan hafta moliyaviy masalalar va oilaviy qarindoshlar bilan bog‘liq hissiy hamda aqliy kechinmalar bilan o‘tadi. O‘zingizga odatiy bo‘lgan muhit va sherikka bog‘lanib qolmaslik muhim. Ularga shunchaki mehr va yorug‘lik ulashishning o‘zi kifoya. Ayni paytda o‘z-o‘zini rivojlantirish yo‘lida harakat qilish, dunyoqarashni kengaytirish, o‘z shaxsiyati va tanasiga e’tibor qaratish juda zarur. Spirtli ichimliklar va zaharlanish xavfidan uzoq turing. Yangi bilimlar olish uchun intiling va o‘z tajribangiz hamda bilimlaringizni boshqalarga yetkazib, ularga maslahat bering.

Maqolani baham ko'ring