Luchano Pavarotti – italyan opera afsonasi

Buyuk tenorning ijod yo‘li

Foto: Инстаграм lucianopavarottifoundation

 

Luchano Pavarotti XX asrning eng mashhur italyan tenorlaridan biri edi. U 12-oktyabrda kambag‘al oilada tug‘ilgan: onasi tamaki fabrikasida ishchi, otasi esa xushovoz novvoy edi. Luchano otasi Fernando Pavarotti kolleksiyasidagi gramplastinkalarni tinglab ulg‘aygan. Aynan shu unda musiqaga muhabbat paydo qildi. Enriko Karuso, Benjamino Jilli, Tito Skipa – opera musiqasi metrlarining ovozi Pavarottining uyidan jaranglardi. 

Фото: Instagram / lucianopavarottifoundation

Yosh Luchano futbolga ham qiziqardi va hatto darvozabon bo‘lishni orzu qilardi.

Bu sportga ishtiyoqi sabab u uzoq vaqt Modena vakili bo‘lgan jamoada darvozabon pozitsiyasini egallagan. Bir kuni oyoq yalang o‘ynayotganida mixga ilashib qolib, oyog‘idan jarohat olgan. Rivojlangan yallig‘lanish og‘ir kasallikka olib keldi va yigit bir necha kun komada bo‘ladi. Xayriyatki, u tuzalib ketdi va otasi quvonchdan uni Modena operasiga olib bordi, u yerda buyuk Enriko Karuzoning davomchisi hisoblangan mashhur tenor Benjamino Jilining ijrosini birinchi marta eshitdi.

O‘ziga kabi tenor bo‘lgan, ammo professional karyera qilmagan otasining qarashlari va rahbarligi tufayli Luchano o‘z faoliyatini kichik cherkov xoridagi chiqishidan boshladi. O‘z intervyularida Pavarotti otasining ovozi hatto o‘zining ovozidan yaxshiroq ekanligini va u taqlid qilish uchun namuna bo‘lganini aytgan. “Otam juda chiroyli tenor edi. U hech qachon sahnada yakkaxon xonanda sifatida professional ijro etmagan,u faqat shahar xori bilan chegaralangan edi va u menda o‘zimdagi ishonchimni uyg‘otardi, chunki ba’zida uning men bilan sahnada yonma-yon turishi shunday aql bovar qilmas tajriba ediki, men o‘zimga: «Balki vaqti soati yetganda men ham bu yerga kelib, shu tenor kabi kuylay olarman”, – derdim.

Yosh bo‘lishiga qaramay, kuchli ovozi bilan shuhrat qozongan Pavarotti xalqaro tanlovda birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng opera sohasidagi eng nufuzli mukofotlardan biri hisoblangan “Concorso Internazionale” mukofotini qo‘lga kiritdi.

1961-yilda Pavarotti ko‘plab dunyoga mashhur teatrlarda qo‘yilgan “La Bohème”, “La Fille du Régiment”, “Tosca”, “L’elisir d’amore” kabi opera spektakllarida sahnaga chiqdi. Uning karyerasi kundan kunga muvaffaqiyatli o‘sib bordi va u haqida opera afsonasi sifatida gapirib boshlashdi.

Mamlakat shimolidagi “Rejo-Emilio” teatrida qo‘yilgan “La Bohème”dagi Rodolfo uning birinchi asosiy roliga aylandi.

Pavarotti Yevropaning ko‘plab shaharlariga taklif qilingan artist bo‘lib, AQSh sahnagasiga ilk bor 1965-yilda chiqqan. Bu yerda ko‘plab mashhur asarlarni ijro etib, shuhratini dunyoga taratgan. Xususan, Nyu-Yorkdagi Metropoliten-operasida bo‘lib o‘tgan “Uch tenor” konsertlari tarixga kirdi.

Uning 1990-yilda Xose Karreras va Plasido Domingo bilan birga bergan «Uch tenor» konserti tarixda chuqur iz qoldirgan jahon miqyosidagi muhim musiqiy hodisa bo‘ldi. Konsert qo‘yishdan asosiy maqsad hamkasbi va do‘sti Xose Karreras uchun zarur qimmatbaho operatsiyani o‘tkazish uchun 400 ming dollar mablag‘ni yig‘ishdan iborat edi. 1987-yilda unga o‘tkir leykemiya tashxisi qo‘yilgan. Tushgan mablag‘lar Xose Karrerasni davolash xarajatlari va tashkilotchilarni mukofotlashdan tashqari, leykemiyaga qarshi kurash jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

Ushbu chiqishlar tasmasi eng ko‘p sotilgan albomlar qatoridan joy oldi va buyuk tenor nafaqat klassik musiqa sohasida, balki umuman musiqa bozorida eng ko‘p tarqalgan nomlardan biriga aylandi.

Opera yulduzi konsertlardagi muxlislar oqimi bilan hayratda qoldira olardi. Ulardan biri 1992-yilda Londondagi Gayd-parkda tashkil etilgan bo‘lib, u yerda Luchano Pavarotti 150 000 tomoshabin oldida kuylagan.

Uning 1993-yil iyun oyida Nyu-York Markaziy bog‘idagi konserti 500 ming tomoshabin to‘plab, rekordni yangilagan. Shu yilning sentyabr oyida esa Eyfel minorasi yonidagi konsertiga uning 300 ming nafar muxlisi tashrif buyurgan.

Maestro muxlislariga ma’lumki, sahnada mashhur tenor Luchano Pavarotti chap qo‘lida uning obrazining ajralmas qismiga aylangan oq ro‘molni ushlab turardi. Maestro qo‘shiq aytayotganda ro‘molchasini siqish unga kuylash paytidagi zo‘riqishni ketkazishga yordam berishini ta’kidlagan. Pavarottining oq ro‘molcha haqidagi hikoyasi aynan uning ijodi gullab-yashnagan davrga to‘g‘ri keladi. Qattiq hayajon ostida u qo‘llarini qayerga qo‘yishni bilmay vahimaga tushgan, menejer esa unga cho‘ntagidan dastro‘malchasini olib, uni qo‘lida tutishni maslahat bergan.

Foto: Instagram / lucianopavarottifoundation

Pavarotti tajribalar o‘tkazishni yaxshi ko‘rar va ko‘pincha pop-musiqa hamda operani bir sahnada birlashtirishga harakat qilardi. Ushbu qadam ham opera, ham ommaviy musiqa hamjamiyati vakillari tomonidan salbiy baholandi. Ammo Pavarotti tanqid va izohlarga e’tibor bermadi. Bundan tashqari, har yili “Pavarotti va do‘stlar” deb nomlangan xayriya konsertlari o‘tkazila boshlandi, bu keyinchalik an’anaga aylandi. 

Foto: Instagram / lucianopavarottifoundation. Pavarotti, Sting, James Brown, Andrea Bocelli va boshqalar.

Pavarotti nafaqat ijodkor, balki ijtimoiy mas’uliyatni his etadigan shaxs ham edi. U butun dunyodan qiyin ahvolga tushib qolgan bolalarga yordam berish uchun xayriya mablag‘lari yig‘iladigan konsertlar uyushtirdi. “Pavarotti va do‘stlar” loyihasi doirasida tenor ko‘plab xonandalar va guruhlar, jumladan, Selin Dion va U2 bilan kontsertlar berdi.

Bu ishni  La Fondazione Luciano Pavarotti fondi hamon davom ettirmoqda 

2004-yilda mashhur tenor Luchanoga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qo‘yildi. Tashxisning og‘irligiga qaramasdan, u dunyoning qirq shahri bo‘ylab keng ko‘lamli xayrlashuv gastroliga chiqib, o‘zining eng yaxshi asarlari to‘plamini nashr etib, jasorat va qat’iyat ko‘rsatdi. 2006-yil 10-fevralda Luchano Turin Olimpiadasining ochilish marosimida kuyladi, bu uning omma oldidagi so‘nggi chiqishi edi. Shundan so‘ng u murakkab operatsiyani boshidan kechirdi va muvaffaqiyatli yakunlandi. Biroq, tez orada u pnevmoniya bilan kasallangan va 2007-yil 6-sentyabrda o‘z shahrida vafot etgan. Hayotini san’at va insonparvarlikka bag‘ishlagan buyuk san’atkor bilan vidolashish uchun minglab odamlar kelishdi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles