«Ekrandagi ilhom: Ayollarning to‘siqlarni yengish va o‘z-o‘zini izlash haqidagi hikoyalari»

Qiyinchiliklarni yengib, o‘z yo‘lini topayotgan ayollar haqidagi eng yaxshi filmlar saralanmasi

Zamonaviy kino sanoatida turli to‘siqlarni yengib o‘tadigan kuchli ayollar tasvirini yaratish tendensiyasi tez-tez ko‘zga tashlanmoqda.

Biz so‘z yuritadigan filmlar tomoshabinlarni ruhlantiribgina qolmay, jamiyatda ayollarning ahamiyati haqidagi o‘rnashib qolgan qarashlarni ham shubha ostiga oladi. Ular jasur yetakchilar haqidagi hikoyalardan tortib, qahramonlar murakkab hayotiy vaziyatlarda matonatlilik ko‘rsatadigan dramatik syujetlarda ham ayollarni aks ettirishmoqda. Biz shunday kinokartinalarning ba’zi yorqin misollarini tanladikki, ular ayollar nafaqat hayratga solishga, balki o‘z taqdirining faol ishtirokchisi bo‘lishga ham qodir ekanligini, shu bilan birga tomoshabinlarni o‘zini takomillashtirishga ilhomlantira olishini ko‘rsatib beradi.

Yovvoyi

Sheril Straydning bestseller kitobiga asoslangan “Yovvoyi” filmi bosh qahramonning Tinch okeanifagi xochsimon so‘qmoqlar bo‘ylab uch yarim oylik piyoda uyushtirgan safarini tasvirlaydi. Riz Uizerspun bosh rolni ijro etgan bu film qisman o‘zlikni anglash yo‘lidagi sayohat, boshqa tomondam esa Sherilning yaxshi va yomon o‘tmishi haqidagi xotiralar, ayniqsa, onasining vafotidan so‘ng o‘zini vayron qiluvchi xatti-harakatlari haqidadir.

Ko‘p yillik beboshlikdan so‘ng, Sheril hech qanday tajribasiz ming mildan ortiq masofani bosib o‘tishga shoshqaloq qaror qiladi. Bu qaror uning o‘zligini anglash va gunohlarini yuvish uchun ajoyib sayohatga aylanadi, natijada u o‘zida kuch sezadi va oxir-oqibat “shifo” topadi.

Joy

 

Agar biror sababga ko‘ra ushbu kartina bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmagan bo‘lsangiz, uni ko‘rishni tavsiya qilamiz.

"Joy" filmi o‘z ixtirosi bilan mashhur bo‘lgan o‘z-o‘zini siquvchi shvabra ixtirochisi Joy Mangano haqida hikoya qiladi.

Asarda oila a’zolari bir-birining hayotiga faol aralashib, yaxshi niyatlar asosida, lekin ko‘pincha ijodiy ishtiyoqlarni bostiradigan tipik oilaviy munosabatlar ko‘rsatilgan.

Joy yaqinlarining qarshiligini yengib, muvaffaqiyatga erishdi. Uning qat’iy fe’l-atvori va matonati maqsadga erishish yo‘lida barcha qiyinchilik va sinovlarni yengib o‘tishiga imkon berdi.

Mona Liza tabassumi

Ushbu film tomoshabinni 1950-yillar muhitiga sho‘ng‘itadi va ayolning jamiyatdagi o‘rni, ta’lim olish imkoniyati hamda o‘zini anglashga intilishi kabi dolzarb ijtimoiy mavzularni qamrab oladi.

Voqealar Uelsli nomli nufuzli ayollar o‘quv yurtida kechadi va o‘qituvchi Ketrin duch kelayotgan qiyinchiliklarga e’tibor qaratadi. U talaba qizlarida o‘zlarini namoyon qilish va ijtimoiy qoliplardan ozod bo‘lish ishtiyoqini uyg‘otishga intiladi, ularni chinakam hayotiy maqsadlariga ergashishga undaydi.

Natijada qahramonlar ta’limning qadr-qimmati va o‘zlarining jamiyatdagi o‘rnini anglab yetadilar. Filmda ayollarning ijtimoiy bosim va noto‘g‘ri munosabatlarga bo‘ysunmay, mustaqil qarorlar qabul qilishi g‘oyasi yorqin ifodalangan.

Astrid Lindgren bo‘lish

“Peppi Uzun Paypoq” nomi yuzimizga tabassum keltiradi va bizga qizil sochli, sho‘x, xushchaqchaq hamda erkinliksevar skandinaviyalik qizaloqning obrazini eslatadi. Ammo uning yaratuvchisi, mashhur shved yozuvchisi Astrid Lindgren haqida kamdan-kam kishi o‘ylasa kerak. Rejissyor va ssenariy hammuallifi Pernille Fisher Kristensen o‘zining “Astrid bo‘lish” filmida bolalikdagi sevimli kitoblar mualliflari ham o‘z muammolari va hayotiy qiyinchiliklarga duch kelgan oddiy insonlar bo‘lganligini tomoshabinlarga eslatib o‘tadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles