Missi Matssoli Metropolitan Opera’da jahon premyerasini o‘tkazgan ilk ayol bastakor bo‘ldi

Nyu-Yorkda Jorj Sonders romani asosida yaratilgan «Lincoln in the Bardo» operasi taqdim etildi.

Peter Mattei in Lincoln in the Bardo

19-oktabr kuni Metropolitan Opera’da amerikalik bastakor Missi Matssolining «Lincoln in the Bardo» operasi jahon premyerasi bo‘lib o‘tdi. Matssoli asari ilk bor aynan shu teatr sahnasida ijro etilgan birinchi ayol bastakorga aylandi.

Roys Vavrek librettosi Jorj Sondersning Buker mukofotiga sazovor bo‘lgan shu nomli romaniga asoslangan. Voqealar 1862-yilda kechadi: Avraam Linkoln yaqinda vafot etgan o‘g‘li Villini ziyorat qilish uchun qabristonga keladi. Uning yonida esa o‘z holatini anglashga urinayotgan arvohlar olami mavjud. Prezidentning shaxsiy qayg‘usi yo‘qotish va hamdardlik haqidagi kengroq hikoyaning bir qismiga aylanadi.

Christine Goerke. Karen Almond / Metropolitan Opera
Christine Goerke. Karen Almond / Metropolitan Opera

Sahna asarini rejissyor Liliana Bleyn-Kruz yaratdi. Premyerada dirijyorlikni Yannik Neze-Segen bajardi, Linkoln partiyasini esa bariton Peter Mattey ijro etdi. Arvohlar olamini jonlantirish uchun qo‘g‘irchoqlar, sahna illyuziyalari va pirotexnikadan foydalanildi.

Namoyishlar 14-noyabrgacha davom etadi. Metropolitan Opera ilgari ham ayol bastakorlarning asarlarini sahnalashtirgan, biroq ularning ilk jahon ijrolari boshqa teatrlarda bo‘lib o‘tgan. Matssoli premyerasi shu jihati bilan teatr tarixida alohida o‘rin egallaydi.

Maqolani ulashish