ALTER EGO
Nafi Ahmedning o‘zgarish erkinligi haqidagi moda hikoyasi.
Shaxsiy uslub doimo bir xil bo‘lishi shart emas. Yelkalari bo‘rttirilgan, aniq bichimli jaket, paxmoq yoping‘ich bilan uyg‘unlashgan kalta jinsi yubka va yarim shaffof ko‘k to‘plam — bularning barchasi bitta garderobdan joy olishi mumkin. Bugungi tanlov kayfiyat, rejalar yoki kutilmaganda yangi narsani sinab ko‘rish istagiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bu hikoya qahramoni obrazlarini erkin almashtiradi, ularni birlashtiradigan umumiy jihatni izlashga ehtiyoj sezmaydi. Uning tanlovlarida modaning o‘zidan — siluet, faktura, kutilmagan uyg‘unlikdan — zavqlanish hissi aks etadi. O‘z uslubingizni topish kim bo‘lishingizni bir umrga belgilab olish degani emas.









Fotograf: Nafi Ahmed (@nafiahmedphoto)
Model: Liliia Kuzmenko (@lillia.kuzmenko1)
Makiyaj va soch turmagi: Yuliia Liushenko (@juliia_makeup_hair)