RAY

Teran, hissiyotlarga boy va detallarga to‘la: DJ ELLE O'zbekiston uchun tuzgan pleylist

16 Noy 2026
Ray за диджейским пультом

Musiqa va uslub bir tilda so‘zlashadi. ELLE O'zbekiston’ning musiqiy ruknida esa bu tilni erkin biladiganlarga so‘z beramiz. Bu safar biz uchun pleylistni Ray tuzdi. Uning uchun musiqa — kayfiyat, energiya va o‘zi haqida so‘zlash usuli.

Tovushdan ham ko‘proq

Ray — Rayhonaning sahna taxallusi. Uning setlari musiqaga muhabbat, detallarga e’tibor va lahzani his qilish qobiliyatiga tayanadi. U treklarni shunchaki ketma-ket qo‘ymaydi, balki tark etgingiz kelmaydigan muhit yaratadi.

So‘z Ray’ga

Ray o‘z tanlovi haqida shunday deydi:

«Bu to‘plamda musiqani qanday his qilishim aks etgan: teran, hissiyotlarga boy, kayfiyat va detallarga to‘la. Menga shunchaki ritm berib qolmay, o‘ziga xos holatga olib kiradigan, hislarni uyg‘otadigan va o‘zidan keyin taassurot qoldiradigan jarang yaqin. Bu yerdagi har bir trek — musiqiy tarixim va o‘z dunyomning bir qismi».

Ray klavishli cholg‘u yonida
Ray

Qachon tinglash kerak

Bu — obraz allaqachon tayyor, kayfiyat esa endigina chuqurlashib borayotgan oqshom uchun saundtrek. Pleylistni to‘liq va shoshilmay tinglagan ma’qul: bu yerda qoladigan taassurot va darhol ilg‘ab bo‘lmaydigan detallar muhim.

Ray pleylistini havola orqali tinglang: Spotify

Maqolani ulashish