Afsonaviy sumkalar haqidagi kitob

Moda va madaniyatga ko‘rsatilgan ta’sir

15 Sen 2025
Foto: assouline.com

Fashionphile va Assouline birgalikda "The Book of Iconic Bags" albomini yaratdi. Kitobda so‘nggi yillarda modaga, madaniyatga va lyuks mahsulotlar bozoriga katta ta’sir ko‘rsatgan 25 ta mashhur model jamlangan. Ular orasida Hermès Birkin va Kelly, Fendi Baguette, Dior Saddle, Jacquemus Le Chiquito, Balenciaga Le City, Loewe Puzzle hamda Gucci, Prada, Saint Laurent, Celine, Judith Leiber, Stella McCartney va Goyard kabi brendlarning afsonaviy sumkalari bor.

Nashr uch o‘n yillik davrni qamrab oladi va har bir modelning paydo bo‘lishidan to sarmoya obyekti maqomini egallagunicha bo‘lgan tarixini yoritadi. Fashionphile sumkalarning qanday qilib davr ramziga aylanganini ko‘rsatish uchun arxiv ma’lumotlari, vizual materiallar va hashamatli aksessuarlar bilan ishlash tajribasidan foydalangan. Fashionphile asoschisi Sarah Davisning aytishicha, loyihaning maqsadi nafaqat dizayn haqida ma’lumot berish, balki ushbu buyumlarning madaniy ahamiyati va badiiy qiymatini ham ochib berishdan iborat. Kitob allaqachon sotuvga chiqarilgan bo‘lib, u kolleksionerlar, moda muxlislari va aksessuarlarni san‘at deb biladiganlarga mo‘ljallangan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles