Afsonaviy supermodel – 54 yoshda

Naomi Kempbellga uning tug‘ilgan kunida hurmatimizni bildiramiz va “qora pantera”ning hayoti va karyerasidagi eng yorqin damlarini esga olamiz.

07 Iyun 2024

Model biznesi afsonasi 1970-yili Londonda tavallud topgan. Naomining onasi kelib chiqishi yamaykalik bo‘lib, raqqosa edi.

Bolaligida Naomi Rimda yashagan, u yerda onasi zamonaviy raqs bilan shug‘ullangan. 

Bo‘lg‘usi model hayotidagi mashhurlik onlari sakkiz yoshiga to‘g‘ri kelgan - qizaloq Bob Marlining “Is this love” klipida suratga tushgan. Ammo karyerasidagi haqiqiy start 15 yoshida sodir bo‘lgan, o‘smir qiz Naomini Synchro modellar agentligi vakili ko‘rib qolgan. 1985-yili esa 16 yoshiga kirishiga bir oy qolganda yorqin model Britaniyaning Elle nashri muqovasida paydo bo‘lgan. 

Taʼkidlash kerak, bo‘lg‘usi yulduz Alaïa modalar uyi asoschisi Azzedin Alaya tomonidan qaqshatqich moda sanoatining “o‘tkir burchaklari”dan har tomonlama himoyalangan edi. Shundan buyon dizaynerlar Naomi uchun nafaqat do‘st, balki uning haqiqiy oilasiga aylangan. Iv Sen-Loran taʼsirida 1987-yili dekabrda model Parij va Britaniyaning Vogue nashrlari muqovasidagi birinchi qora tanli model bo‘ldi. 

80-yillar oxirida Naomi Kristi Tarlington va Linda Evangelista bilan bir qatorda zamonamizning eng mashhur modeli sifatida tan olindi. Supermodel tanasi rangi tufayli kamsitilgan vaqtlari bo‘lgan, ammo bunday damlarda uni hamkasblari qo‘llab-quvvatlashgan. Shu tariqa Kristi va Linda talabiga ko‘ra, Naomini Dolce & Gabbana namoyishiga olishgan. 

Kempbell model biznesida to‘xtab qolmadi: 1994-yili Epic Records studiyasida uning “Babywoman” musiqiy albomi chiqdi va ayniqsa, Yaponiyada juda iliq kutib olindi. 

Jahon miqyosida yulduz bo‘la turib Naomi o‘zini aktrisa sifatida sinab ko‘rdi. Supermodel Maykl Jekson, Jorj Maykl, Madonna, Jey Zi va Beyonce videokliplarida suratga tushdi. 

Kempbell xayriya aksiyalarini ham chetlab o‘tmadi. 1997-yili Nelson Mandela hurmati uchun top-model JARda bolalar jamg‘armasini qo‘llab-quqqatlash maqsadida Versace brendi bilan xayriya aksiyasini uyushtirdi. Bir yil o‘tib esa “Oqqush” nomli kitob yozdi va sotuvdan tushgan mablag‘nii Somalidagi Qizil xoch jamg‘armasiga yo‘naltirdi. 

Ziddiyatli feʼl-atvoriga qaramay, “Qora pantera” xayriya tadbirlarini faol olib bormoqda: Dalay-lama bilan hamkorlik qilyapti, kambag‘al davlatlarda maktablar va bolalar bog‘chalari qurilishi uchun mablag‘ yig‘ishda yordam beryapti, shuningdek, Diversity Coalition tashkilotida irqiy kamsitilishga qarshi kurash olib boryapti. 

Naomiga bir vaqtning o‘zida mehr qo‘yish va uni yomon ko‘rib qolish mumkin, kim uchundir u janjalkash yulduz, boshqalar uchun esa taqlid uchun namuna. Ammo bir narsa o‘zgarmaydi: Naomi Kempbell jahon moda sanoatining tirik afsonasi bo‘lib qoladi. 

Maqolani baham ko'ring

Related articles