Alaïa bahor-yoz 2025 kolleksiyasini namoyish etdi
Ko‘rgazma Nyu-York moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi
Peter Muller Guggenheim muzeyida Alaïa shousini o‘tkazdi. Amerikalik arxitektor Frank Wrightning eng mashhur binolaridan birida ilk bor feysh-namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Bahor-yoz kolleksiyasi Guggenheim makonining timsoliga aylandi – Alaïa jozibasi va muzey arxitekturasi bir-biriga uyg‘unlashib ketdi. Amerika brend uchun Azzedine Alaïa markasining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan kuchaytirgich vazifasini bajargan.
Muller to‘plam elementlarini ishlab chiqarishda muhandislik texnologiyalaridan foydalanib yondashdi: mikro plissirlangan ko‘ylaklar tanaga xuddi bilaguzukdek moslab bichilgan.
70-yillar modasiga qaratilgan Roy Halston mehnatining e’tiborli tarafi bando va sport shimlari hammaning diqqat markaziga aylandi. Charles James qavariq qilib ishlangan kurtkalari-yu Cecil Beatonning kechki liboslari suratlari – och-pastel ranglardagi taftadan tikilgan sport kostyumlari Peter Mullerni ilhomlantirdi.
Poshnali vetnamkalar, bo‘yinbog‘ga o‘zgartiriladigan ziraklar, yelka yoki kamarga taqiladigan sumkalar 2025-yil bahor-yoz mavsumida bizga hamroh bo‘ladi.