Alaïa va Dior
Qo‘sh ekspozitsiya

Joriy yil 20-noyabridan 2026-yil 3-mayiga qadar Parijdagi La Galerie Dior muzeyida noyob ko‘rgazma o‘tkaziladi. Unda Azzedine Alaïa shaxsiy arxividan o‘rin olgan, ilgari jamoatchilikka ko‘rsatilmagan 100 dan ortiq Dior modellari namoyish etiladi.
Shu bilan bir vaqtda, Azzedine Alaïa jamg‘armasi Dior‘ning 30 ta vintaj libosini va Alaïa muallifligidagi shuncha asarni taqdim etib, Dior uyining dizayner ijodiga ko‘rsatgan ta’sirini yoritib beradi.
Alaïa boy arxivida taxminan 600 ta noyob eksponat saqlanadi. Ular orasida nafaqat Christian Dior‘ning asl ishlanmalari, balki uning izdoshlari — Yves Saint Laurent, Marc Bohan, Gianfranco Ferré va John Galliano ishlari ham bor.
Ekspozitsiyaga Olivier Saillard va Gaël Mamine kuratorlik qiladi.