Aldo Coppola’dan SPF’li eng yaxshi soch parvarish vositalari

Yozda nafaqat terimizni, balki sochlarimizni ham himoya qilishimiz lozim

02 Iyul 2025
suratni Aldo Coppola matbuot xizmati taqdim etgan

Aldo Coppola kompaniyasining Aquamare liniyasi quyoshli kun davomida va undan keyin zarur himoya hamda parvarishni ta’minlash uchun yaratilgan. Ultrabinafsha nurlar, tuz, xlor va shamol terimiz, sochlarimiz tuzilishiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tajovuzkor omillardir. .

Aquamare formulalari qo‘ng‘ir suvo‘tlaridan olingan mutlaqo yangi biotexnologik ekstraktda dengiz muhitining barcha afzalliklarini o‘zida mujassam etadi, bu esa yoshartiruvchi ta’sirni yanada kuchaytiradi.

QO‘NG‘IR SUVO‘TLARI EKSTRAKTI BILAN

Qo‘ng‘ir suvo‘tlar mineral moddalar, mikroelementlar va vitaminlarga juda boy hisoblanadi. Tabiiy ekstraktlar kuchli namlovchi va qayta minerallash xususiyatlari tufayli teri gidrolipid muvozanatini tiklash va vaqtidan oldin qarish jarayonining oldini olish qobiliyatiga ega.

 suratni Aldo Coppola matbuot xizmati taqdim etgan

Qo‘ng‘ir suvo‘tlar ekstrakti ko‘p miqdorda namlikni o‘zida saqlay oladi. Uning tinchlantiruvchi va himoyalovchi xususiyati ayniqsa sochlar uchun foydali bo‘lib, ularni yumshoq, hajmdor va oson taraladigan qiladi. Aynan shu faol tarkibiy qismlar quyosh ta’sirida terining suvsizlanishini oldini oladi. Yuqori namlik darajasi uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi va terining tabiiy namlovchi omilini (NMF – Natural Moisturizing Factor) tiklashga yordam beradi.

AQUAMARE Filter

suratni Aldo Coppola matbuot xizmati taqdim etgan

Sochlarni ultrabinafsha nurlar, tuz, shamol va xlordan asrovchi quyoshdan himoyalovchi filtr. Yengil va ko‘rinmas bo‘lib, sochlarni himoya qatlami bilan o‘rab, ularga mayinlik va jilo beradi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlari asosidagi biokosmetik kompleks optimal namlik darajasini ta’minlaydi, quruqlikning oldini oladi va rang yorqinligini saqlaydi.

Bu yoz uchun zarur vosita – soch tolalarini qamrab olib, ularga mayinlik va jilo baxsh etadigan yengil hamda ko‘rinmas SPF sprey. Minerallar, mikroelementlar va vitaminlarga boy qo‘ng‘ir suvo‘tlari ekstrakti bilan boyitilgan bo‘lib, u qarishga qarshi kuchli ta’sir ko‘rsatadi, namlikni saqlaydi va rang to‘yinganligini ta’minlaydi.

Uning tiklovchi ta’siri sochlarning umumiy holatini yaxshilaydi: ular yumshoq, hajmli va boshqarish oson bo‘lib qoladi. Namlantirish ta’siri uzoq vaqt davom etadi.

Afzalliklari:

  • Sochlarni quyosh, shamol, tuz va xlordan himoya qilish
  • Sochlarning yumshoqligi va hajmdorligi oshadi
  • Tiklaydi va jilo beradi
  • Namlik va rang intensivligini saqlaydi

Quyoshda chiqishdan oldin va kun davomida quruq yoki nam sochlarga sepiladi. Shuningdek, soch turmaklangandan so‘ng jilo berish va tiklash vositasi sifatida ham juda mos keladi.

AQUAMARE Shampoo

suratni Aldo Coppola matbuot xizmati taqdim etgan

Quyoshdan keyin qo‘llaniladigan ozuqaviy krem-shampun. Sochning namlik darajasini tiklaydi, uni yumshoq, hajmdor va oson taraladigan qiladi. Har kuni ishlatish quyosh, shamol, tuz va xlor ta’siridan kelib chiqadigan quruqlikning oldini olishga yordam beradi. Bo‘yalgan sochlar uchun juda mos.

Afzalliklari:

  • Kremsimon tuzilishi tuz, qum va xlorni yumshoq tozalaydi
  • Sochlarni namlaydi va oziqlantiradi
  • Sochlarning paxmoqlanishi va qurishini oldini oladi
  • Qarish jarayonini sekinlashtiradi

Nam sochlarga surtib, ko‘pik hosil bo‘lguncha uqalang. Bir necha daqiqaga qoldiring va yaxshilab yuvib tashlang.

Parvarishni Aquamare sut yoki niqobi bilan yakunlash tavsiya etiladi.

AQUAMARE Milk

suratni Aldo Coppola matbuot xizmati taqdim etgan

Sochni tezda tiklovchi zardob. Quyosh, shamol va tuzdan shikastlangan soch tolalarini chuqur namlab, mustahkamlaydi, yengil va samarali tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining biomorsk ekstraktidagi mineral moddalar, mikroelementlar va vitaminlarga boyligi tufayli vosita sochlarni tiklab, ularni mayin, yaltiroq qiladi va parvarish qilishni osonlashtiradi.

Kuchli yumshatuvchi va jilo beruvchi xususiyatlari himoya qilish va tiklash ta’siri bilan birgalikda barcha turdagi sochlar, ayniqsa nozik sochlar uchun ko‘zga ko‘rinarli natija beradi.

Afzalliklari:

  • Yengil kremsimon tuzilma
  • Tezkor konditsiyalash va namlash
  • Tuzilmani himoyalaydi, tiklaydi va mustahkamlaydi
  • Mayin va jilokor sochlar

Yuvgandan so‘ng, quritilgan sochga uzunasiga sepib, uqalang va YUVMANG. Tabiiy usulda qurishga qo‘ying yoki fen bilan turmaklay boshlang.

AQUAMARE Mask

suratni Aldo Coppola matbuot xizmati taqdim etgan

Quyosh, shamol, tuz va xlor ta’sirida qolgan sochlarni chuqur namlash va oziqlantirish uchun mo‘ljallangan quyoshdan keyingi niqob. U kuchli tinchlantiruvchi va yaltiroq beruvchi ta’sirni himoya hamda tiklovchi xususiyat bilan uyg‘unlashtiradi. Barcha turdagi sochlarga mos keladi, ayniqsa bo‘yalgan sochlar uchun tavsiya etiladi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar ekstraktidagi yuqori miqdordagi minerallar, mikroelementlar va vitaminlar tufayli soch tolalarining erta qarishi oldini oladi.

Afzalliklari:

  • Kuchli oziqlantirish
  • Himoya va tiklovchi ta’sir
  • Namlik va rang to‘yinganligini saqlaydi
  • Soch tuzilishining qarishini oldini oladi

Chuqur oziqlanish uchun vaqti-vaqti bilan soch yuvgandan so‘ng qo‘llang.

Toza sochlarga bir tekis surtib, tarab, bir necha daqiqaga qoldiring va yaxshilab yuvib tashlang.

Hamkorlik materiali

Maqolani baham ko'ring

Related articles