Aleksandr Votye
Dizayner o‘z brendini tark etdi

Aleksandr Votye o‘z nomidagi Alexandre Vauthier brendini tark etmoqda. U 16 yil davomida ijodiy direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yilda Aleksandr Votye brend defoltini e’lon qilib, tashqi boshqaruvga o‘tgandi.
Parij ESMOD maktabi bitiruvchisi bo‘lgan Votye o‘z faoliyatini Tyerri Myugler va Jan-Pol Gotye qo‘l ostida boshlagan. 2009-yilda u o‘z brendini tashkil etdi va besh yildan so‘ng Parijdagi Yuqori moda haftaligida o‘z kolleksiyalarini namoyish etish imkoniyatiga erishdi.