Andjelina Joli “Kutyur” deya nomlangan modalar dramasida
Tarmoqda ilk kadrlar paydo bo‘ldi

Tarmoqda “Kutyur” filmining ilk kadrlari paydo bo‘ldi. Alisa Vinokur rejissyorligida tasvirga olingan mazkur dramada bosh rolni Anjelina Joli ijro etgan. Kartinada yana Lui Garrel, Ella Rumpf va Anye Annetlar ham suratga tushgan. Film syujeti Parijdagi moda haftaligi atrofida aylanadi. Bu yerda uch ayol – kinorejissyor Maksin (Joli), model Ada (Anye) va vizajist Anjel (Rumpf)larning taqdiri kesishadi. Kartinada xastalik, o‘zini anglash va botiniy kuch masalalari ko‘tariladi. “Kutyur” – Vinokurning 2022 yilgi “Parij xotiralari” kartinasidan keyin rejissyorlik qilgan ilk to‘liq metrajli loyihasidir. Taqdimot 2025 yilning 7 sentyabrida Torontodagi kinofestival doirasida bo‘lib o‘tadi. Katta ekranlarga chiqish sanasi esa hali eʼlon qilinganicha yo‘q.