Anna Vintur Vogue bosh muharrirligi lavozimini tark etmoqda
Vogue’ning yangi ko‘rinishini izlash

Anna Vintur 37 yil davomida egallab kelgan Amerika Vogue jurnali bosh muharriri lavozimidan ketmoqda. Biroq, Vintur Vogue nashrining global tahririyat direktori va Condé Nast bosh kontent direktori sifatida faoliyatini davom ettiradi.
“Ijodiy sohada ishlaydigan har bir kishi rivojlanishda to‘xtab qolmaslik naqadar muhimligini biladi. Vogue jurnaliga bosh muharrir bo‘lganimda Amerika moda jurnalini yangicha – yorqin va jozibador tarzda taqdim etish mumkinligini isbotlashni istardim. Hozirda esa, yangi avlod ishtiyoqmand muharrirlariga yirik mediaxolding qanday bo‘lishi mumkinligi haqidagi yangicha qarashlardan ilhomlanib, o‘z g‘oyalari bilan maydonga chiqishlariga ko‘maklashishdan behad mamnunman. Ayni paytda biz Amerika Vogue jurnali tahririyati rahbari lavozimiga aynan shunday shaxsni izlayapmiz”.