“AFW-2025”ning sakkizinchi mavsumi Turkiyaning eng mashhur sayyohlik shaharlaridan biri - serquyosh Antaliyani ochiq osmon ostidagi podium va madaniy manifestga aylantirdi. Zamonaviylik va tarix oppoq minimalistik “Su” mehmonxonasidan tortib qadimiy Adrian arkasigacha bo‘lgan modellar qadamlari ostida uyg‘unlashdi. Besh kunlik moda va madaniyat tadbirida Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya, BAA va Buyuk Britaniya dizaynerlarining ishlari namoyish etildi.
Turkiyani xalqaro maydonda munosib tarzda taqdim etayotgan mahalliy modelyerlar Chigdem Akin, Murat Aytulum, Recep Demiray, Go‘khan Yavash va Tuba Ergin hamda xalqaro ishtirokchilar Kristina Kibovskaya va Snim tomonidan taqdim etilgan kolleksiyalar Antaliyani o‘ziga xos moda markaziga aylantirdi va butun hafta davomida eng yorqin taassurotlarni qoldirdi.
Moda haftaligini Chigdem Akin o‘zining Nemesis kolleksiyasi bilan ochib berdi. Bu kolleksiya podiumda nafis, ammo qat’iyatli adolatning timsoliga aylandi.
Tadbir Murat Aytulumning Moon Light nomli ta’sirchan namoyishi bilan yakunlandi. Oq-qora ranglar uyg‘unligining soflik, yuqori darajadagi bichish mahorati va haykaltaroshlik siluetlari namoyishni haqiqiy nafis kuch manifestiga aylantirdi.Antalya moda haftaligining ikkinchi kuni qozoq dizayneri Chinara Yelmuratovnaning nozik didli namoyishi bilan o‘tdi. Uning kolleksiyasi kattalar va bolalar modasiga nafis yondashuvni uyg‘unlashtirdi hamda yangiligi va nafisligi bilan tomoshabinlarni maftun etdi. Ayniqsa, podiumda haqiqiy professionallikni namoyish etgan yosh modellar tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.AFWning ikkinchi kunini yakunlar ekan, dizayner Rejep Demiray Diyorbakir shahridan ta’sirlangan Ahde Vefa deb nomlangan to‘plamni taqdim etdi. Bu nom o‘zbek tilida “ahdga vafo” ma’nosini anglatadi. Zamonaviy siluetlar an’anaviy Onado‘li naqshlari bilan uyg‘unlashgan, o‘ziga xos to‘qimali matolar esa mintaqaning me’moriy ramzlariga – To‘rt ustunli minora, Zerzevan qal’asi va o‘n ravoqli ko‘prikka ishora qiladi. Ushbu to‘plam madaniy merosga bo‘lgan muhabbatning yorqin moda ifodasi bo‘ldi.Antaliya moda haftaligining uchinchi kuni Casa Sur’ning sokin muhitida ertalabki yoga mashg‘uloti bilan boshlandi. Eje Begum Yuchetan va Hilal Tataroglu rahbarligida 40 nafar ishtirokchi Rebuwo bilan nafas olish texnikasi va ichki uyg‘unlikni mashq qilishdi. So‘ngra doktor Ebru Dikmen Varol boshchiligida barqaror moda bo‘yicha mahorat darslari va ma’ruzalar o‘tkazildi: ongli garderobdan tortib moda terapiyasigacha.To‘rtinchi kuni qadimiy Ruin Adalia mehmonxonasi moda maydoniga aylandi: Do‘şemealtı an’anaviy gilamlaridan yasalgan podium Go‘khan Yavashning namoyishi uchun fon vazifasini o‘tadi. Uning Holiday Heirlooms deb nomlangan art-strit uslubidagi yangi to‘plami 31 ta obrazni, shu jumladan Arso Group loyihalaridan ilhomlangan kapsula turkumini o‘z ichiga olgan.London Fashion Scout platformasi bilan hamkorlik tufayli London Moda Haftasining yorqin vakillaridan biri britaniyalik dizayner Jon Xerrera birinchi marta AFW podiumida chiqish qildi. U an’anaviy bichim va innovatsion matolarni o‘z obrazlarida uyg‘unlashtirib, tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.Antalya Fashion Week-2025’ning yakuniy akkordi ajoyib tarzda yangradi: tarixda birinchi marta defile qadimgi Rimning Adrian darvozasi oldida, eski shaharning qoq markazida bo‘lib o‘tdi. Yomg‘ir va yuzlab kamera chiroqlari jo‘rligida Tuba Ergin o‘zining Gilded Symphony kolleksiyasini taqdim etdi – bu yuqori modaning nozik va dadil qasidasi.Suratlar AFW axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan.
Ifodalilik doim ham rangni talab qilmaydi - ba’zan u chiziqlarning egriligi, kutilmagan dropirovkalar, kayfiyat yaratuvchi nozik tafsilotlarda namoyon bo‘ladi:…
28-may kuni kechqurun Toshkent go‘yo o‘z koordinatalarini o‘zgartirgandek, Bali qirg‘oqlarida paydo bo‘lib qoldi: oyoq ostida qum g‘irchillaydi va yengil…