Aprel pleylisti taqdimoti

Bahoriy kayfiyat

ELLE O‘zbekiston musiqiy muharrir Dima Mitch va DJ Mone hamkorligida tuzilgan “April’25” pleylistini taqdim etdi. Zamonaviy ritmlar va Mone uslubi Gravity bardagi kechani chuqur energiya va uslubli ohang bilan to‘ldirdi. Tadbir Pepsi Zero va Li-Ning homiyligida o‘tkazildi.

San’atkorlar bahorgi pleylist kayfiyatini aks ettiruvchi Li-Ning liboslarida edilar. Obrazlar stilist Bikulova Regina tomonidan kecha mavzusiga moslab tayyorlandi. Issiq muhitda Chortoq har bir mehmonning chanqog‘ini qondirdi. Stollar pleylist g‘oyasiga uyg‘un ravishda gullar bilan bezatilgan bo‘lib, pleylistga havola joylashtirilgan QR-kodli kartochkalar mehmonlarga kecha kayfiyatini saqlab qolish imkonini berdi.


Tadbir formati va san’atkorlarni tanlash jarayoni haqida Dima Mitch shunday dedi:

“Avvalo, yosh san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlamoqchimiz. Aprel oyidagi pleylistni DJ Mone bilan birgalikda tuzdik. Bizning qarashlarimiz mos keldi va uning didi menga ma’qul bo‘ldi.

Biz trendda bo‘lgan, glossi-musiqadan iborat pleylist tuzdik. Hammasi biz yoqtirganday va bu ELLE O‘zbekiston uslubini aks ettiradi.



Treklarni tanlash jarayoni shunday kechadi: avval konsepsiyani tanlaymiz, keyin shu konsepsiyaga mos musiqani tanlaymiz. Bu pleylist zamonaviy va juda bahoriy chiqdi. Toshkentda bahor avjida, hamma yoq yam-yashil, biz aynan shu kayfiyatni yetkazishga harakat qildik”.

Tadbir mehmonlari o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

 

Aynura

“Menga muhit juda yoqdi. Tadbirga kelganimda hech narsani kutmagandim, faqat pleylist taqdimoti bo‘lishini bilardim, ammo formati menga noma’lum edi. Shuni aytishim mumkinki, bu tadbir boshqa shunga o‘xshash tadbirlardan tubdan farq qiladi. Bu norasmiy muhit juda qulay, musiqa esa ajoyib kayfiyat yaratdi”.

 

Namig

COSMODELS bosh direktori va kreativ direktori

“Men ELLE O‘zbekiston tadbirlarini deyarli o‘tkazib yubormayman. Bu safar ham afishani ko‘rib, albatta pleylist taqdimotiga kelishga qaror qildim. Tinchroq muhitni kutgandim, lekin kutganimdan ham yaxshiroq chiqdi. Bu tadbir avvalgilaridan farq qilishini ta’kidlashim lozim. Menga shunday tuyuldiki, hozir o‘zim ishlaydigan ijod va moda sohasidagi hamkasblarimni ko‘proq uchratdim. Atmosfera nihoyatda zamonaviy”.

Umida

“Musiqa, albatta, kayfiyatni ko‘tarib, ko‘ngilxushlikka undaydi. Suhbatlashgim, tanishgim, moda haqida gaplashgim kelyapti. Networking allaqachon boshlandi. Bugun odatdagidan ancha ko‘p odam kelganini payqadim. Pleylistning keyingi taqdimotiga ham albatta borardim – mehmonlar qiziqarli, ilg‘or yoshlar, g‘ayrioddiy va ijodkor odamlar ekan, bu muhitda yana bir bor bo‘lishni istardim”.







Foto: Tatyana Soldatova and Sergey Pogosyan

Maqolani baham ko'ring

Related articles