Armani Beauty endi Venetsiyada
Giorgio Armani uyining 50 yilligi

Armani Beauty bu yil ham sakkizinchi marta Venetsiya kinofestivalining rasmiy byuti-hamkoriga aylandi. Shu munosabat bilan brend Venice Venice mehmonxonasida Giorgio Armani Cinema Club ochmoqda. Bu maskan uchrashuvlar, kontent va mahorat darslari markaziga aylanishi kutilmoqda. Paolo Sorrentinoning La Grazia filmi premyerasidan keyingi kechki ovqat va pardoz ustasi Hiromi Uedaning mahorat darsini ham mana shu yerda o‘tkazish ko‘zlangan. Mehmonlar qatoridan Keyt Blandshett, Aaron Teylor-Jonson, Sedi Sink, Sofiya Karson va boshqalar o‘rin olgan. Shuningdek, brend kinofestival doirasida aktyorlar bilan qator videolarni taqdim etadi va Spotlight bo‘limida tomoshabinlar mukofotini topshiradi. Barcha tadbirlar Giorgio Armani uyining 50 yilligiga bag‘ishlangan.