Atirni qayerga surtgan to‘g‘ri: hidni to‘liq namoyon etamiz

Parfyumeriya xaritasi

04 Avg 2025
foto: instagram \ @loverly

Atr — bu sizning ko‘rinmas dastxatingiz, birinchi taassurotingiz va yashirin hamkoringizdir. U siz haqingizda uzoq suhbatlardan ko‘ra ko‘proq ma’lumot bera oladi, kayfiyatingizni ta’kidlaydi va kimningdir xotirasida abadiy qoladi. Biroq atirning haqiqatan ham “jaranglashi” — ta’sirchan, barqaror va nafis bo‘lishi uchun nafaqat hidning o‘zi, balki uni qayerga surtishingiz ham muhimdir. Elle O‘zbekiston atir surtishning haqiqiy ilmini ochib beradi: xushbo‘ylikning asosiy qoidasi, tananing qaysi qismlari hidni uzoqroq saqlab qolishi va qanday hayotiy maslahatlar noyob hidni saqlab qolishga yordam berishi haqida hikoya qilamiz.

Parfyumeriya haqida bilishingiz kerak bo‘lgan birinchi qoida shuki, har bir insonda u mutlaqo boshqacha namoyon bo‘ladi: maftunkordan to‘g‘ridan-to‘g‘ri itarib yuboradigan hidgacha. Chunki bu sizning teringiz, turmush tarzingiz va hatto kayfiyatingiz bilan kimyoviy aloqaga kirishadigan jonli formuladir. Terining gormonal holati va pH darajasi muhim rol o‘ynaydi: quruq teri turi hidni “yutib yuboradi”, yog‘li terida esa tarkibiy qismlar uzoqroq saqlanib qoladi. Shuning uchun “o‘z hidingni o‘zingda his qilmaysan” degan mashhur rusiy fikr so‘zsiz haqiqatdir.

fotо: pexels

Ikkinchi qoida, parfyumning bardoshli bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladi — uni tomir urishingiz seziladigan joylaringizga suring. Puls nuqtalari — qon tomirlari teri yuzasiga yaqinroq joylashgan, shu sababli bu joylarda harorat biroz yuqoriroq bo‘ladi. Issiqlik tufayli hid tezroq va kuchliroq taraladi. Bu Koko Shanel va Greys Kelli ham foydalangan klassik usuldir.

Asosiy nuqtalar:

  • Bilaklar — ularni bir-biriga ishqalamaslik muhim, chunki bu hid molekulalarini parchalaydi.
  • Bo‘yin va o‘mrov suyaklari — harakatda hidni eng yaxshi taratadigan eng issiq nuqta.
  • Tirsakning ichki tomoni — yoz uchun ajoyib tanlov: bug‘lanish kamroq, hid uzoqroq saqlanadi.
  • Tizzalarning orqa qismi — nozik “yashirin” nuqta. Ayniqsa, ko‘ylak va yubkalar kiyilganda dolzarb.
  • Sochlar — eng yuqori to‘yinganlik va bardoshlilik zonasi.

●  Kiyim — mato hidni juda yaxshi “saqlaydi”, biroq ipak va baxmal kabi matolardan foydalanganda juda ehtiyot bo‘lish kerak.

foto: instagram \ @lancome

Ifor uzoq saqlanishining uchinchi tamoyili —to‘g‘ri uyg‘unlashtirish qobiliyati. Parfyumga “cho‘milish” o‘rniga, terini tayyorlashga harakat qiling — xuddi pardoz qilishdan oldingi kabi. Avval xuddi shunday hidli dush geli va losyondan foydalaning, keyin atir seping. Yoki oddiyroq usul: avval xushbo‘y hid sepish joylariga vazelin suring. Bu hidning uzoqroq va chuqurroq saqlanishiga yordam beradi.

Atir — bu o‘zingizni ifoda etish usulingiz. Ammo haqiqiy nafosatni ko‘rsatish — bu atirdan shunday foydalanish san’atiki, u sizning shaxsiyatingizni yopib qo‘ymasdan, aksincha uni ochib bersin. O‘zingizga xos bo‘lgan nuqtalarni, notalarni va qoidalarni toping. Shunda bu muattar hid sizning tashrif qog‘ozingizga aylanadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles