Ayol mashinistlar
Toshkent metrosida yangilik

Toshkent metrosida ilk bor ayollar mashinist sifatida faoliyat boshladi. O‘tgan yili O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘i bilan ayol mashinistlar guruhiga birinchi qabul e’lon qilingan edi. Tanlovdan metro tizimining turli bo‘limlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan ayollar o‘tishdi. Suhbat, tibbiy ko‘rik va ruhiy test sinovlaridan so‘ng 16 nafar xodim ishga qabul qilindi. 11 oy mobaynida qizlar jadal ta’lim olishdi: poyezdlardan foydalanish qoidalari, ularning texnik tuzilishi, shuningdek, pnevmatik uskunalarning ishlash tamoyillarini o‘rganishdi.
Hozirgi kunda ayol mashinistlar ustoz-murabbiylar nazorati ostida ishlashmoqda, yaqin kelajakda esa poyezdlarni mustaqil boshqarishni boshlaydilar.