BAFTA kino mukofoti
Yillik kinomukofotning 78-taqdirlash marosimi sovrindorlari

Londonda BAFTA (British Academy Film Awards) yillik kinomukofotning 78-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishtiramiz:
Eng yaxshi film – “Konklav”
Eng yaxshi rejissyor – Breydi Korbet (“Brutalist”)
Eng yaxshi aktyor – Edrian Broudi (“Brutalist”)
Eng yaxshi aktrisa – Mayki Medison (“Anora”)
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor – Kiran Kalkin (“Haqiqiy og‘riq”)
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa – Zoi Saldana (“Emiliya Peres”)
Eng yaxshi original ssenariy – “Haqiqiy og‘riq”
Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy – “Konklav”
Eng yaxshi animatsion film – “Uolles va Gromit: Eng yovvoyi qasos”
Eng yaxshi hujjatli film" – “Super/Man: The Christopher Reeve Story”
Eng yaxshi montaj – “Konklav”
Eng yaxshi operatorlik ishi, eng yaxshi original saundtrek – “Brutalist”
Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom ishi, eng yaxshi liboslar – “Yovuz: G‘arb jodugari haqida ertak”
Eng yaxshi vizual effektlar, eng yaxshi ovoz – “Dyuna: ikkinchi qism”
Eng yaxshi grim va soch turmagi – “Substansiya”.