BAFTA-2025: yulduzlarning eng yaxshi ko‘rinishlari
Kechaning g‘oliblari

Londondagi Royal Festival Hall’da BAFTA mukofotining 78-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Gollivudning eng mashhur yulduzlari qizil yo‘lakdan o‘tdidilar.
Pamela Anderson Jacquemus’ning oppoq libosini tanlab, nafis nafosatga ohang berdi. Uning izidan maxsus Prada libosida Mayki Medison va Louis Vuitton’da Sintiya Erivo ergashdi.

foto: instagram/bafta

foto: instagram/bafta

foto: instagram/bafta
Klassik qora yana kechaning sevimli rangiga aylandi: Kelli Razerford Robert Wun’da, Giles Deacon’da, Xanna Dodd Simone Rocha’da, Timoti Shalame Prada’da, Zoi Saldana Saint Laurent’da va Kayli Jenner 1995-yilgi Jon Galliano arxiv libosida qora rangning ajoyib jozibadorligini namoyon etdilar.

foto: instagram/elle_arabia

foto: instagram/elle_arabia
Ta’sirchan chiqishlar orasida Demi Mur Alexander McQueen’da, Selena Gomez maxsus Schiaparelli libosida va Louis Vuitton’da Ariana Grande ham bor edi.

foto: instagram/bafta

foto: instagram/elle_arabia

foto: instagram/elle_arabia
“Eng yaxshi liboslar” nominatsiyasida Pol Tezuell “Yovuz: G‘arb jodugari ertagi” filmi ustidagi ishi uchun g‘olib bo‘ldi. U ekologik tozalikka urg‘u berib, faqat vegan-do‘stona materiallardan foydalangan.
Kechaning bosh mukofoti – “Eng yaxshi film” nominatsiyasi - “Konklav”ga nasib etdi. “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida Mayki Medison (“Anora”), “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor va aktrisa” nominatsiyalarida esa Kiran Kalkin (“Haqiqiy og‘riq”) va Zoi Saldana (“Emiliya Peres”) mukofotlandilar.

foto: instagram/elle_arabia