“Balenciaga by Demna” va “Exactitudes”
Demna Gvasalianing Balenciagadagi 10 yilligi

“Exactitudes” kolleksiyasi o‘n yil davomida Demnaning Balenciagadagi ijodiy qarashi va moda izlanishlarining bir qismi bo‘lgan ko‘plab dizayn kodlarini mujassam etadi. U hashamat va moda o‘rtasidagi nozik chegarani aks ettiruvchi 35 ta turli to‘plamdan olingan elementlarni o‘z ichiga oladi.
Dizayner bu haqda shunday fikr bildiradi:
“Bu men Balenciaga arxetiplarini – odamlar, siluetlar, kayfiyat va g‘oyalarni yaratish orqali qayd etmoqchi va nishonlamoqchi bo‘lgan ajoyib davrning yakunidir. Bular ushbu ajoyib uy uchun qilgan barcha ishlarimning asosiga aylandi. <...>
Va nihoyat, uy uchun so‘nggi kutyur namoyishim arafasida “Balenciaga by Demna” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Bu o‘ziga xos xulosa bo‘lib, men uni shaxsan nazorat qildim. Unda so‘nggi o‘n yil ichida shakllangan va rivojlangan ushbu moda uyi uchun ijodiy qarashlarimni belgilovchi eng muhim elementlardan ba’zilari namoyish etiladi”.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Balenciaga’ning ijodiy direktori Pyerpaolo Pichcholi bo‘lib, u bu lavozimga 2025-yil 10-iyuldan boshlab tayinlangan. Ilgari Pyerpaolo Valentino’ning ijodiy direktori bo‘lgan.