Balmain
Met Gala uchun libos yaratilishi

Olivier Rousteing va Balmain bu yilgi Met Gala uchun Rosalianing libosini yaratish jarayonini taqdim etishdi. Ijodiy direktor qo‘shiqchining gavdasiga aniq mos keladigan yaltiroq flokli silikondan quyilgan haykaltaroshlik korsetining dizaynini ishlab chiqdi.
“Libosni mohirona drapirovka qilingan fay matoli yubka yakunlaydi, u tanani xuddi puxta ishlov berilgan kanvas kabi o‘rab turadi”, – deb izoh berdi brend videoga.