Barchaga yarashadigan qizil lab bo‘yog‘i

Hammani rom etamiz

21 Sen 2024
Фото: Freepick

Pardozning yorqinligi va ifodaliligi aksentlarni to‘g‘ri tanlay olish qobiliyatiga bog‘liq. Qizil lab bo‘yog‘i esa, xuddi boshga taqilgan tojdek, ishonch, qadr-qimmat va ayollik nafosatini ifodalaydi. Ammo qizil rangni aynan nima shunchalik betakror qiladi? Va nima uchun dunyo bo‘ylab ayollarning barchasi o‘z pardoz sumkachalarini qizil lab bo‘yog‘isiz tasavvur eta olmaydilar?

Qadimdan qizil rang hokimiyat va dabdaba bilan assotsiatsiyalangan: ushbu rangda saroylar interyerlari bezalgan, undan buyuk imperator ayollari foydalanishgan. Bugungi kunda qizil rang – jasurlik, qat’iyatlilik va ishonchning ramzi. U sizga nafaqat tashqi jozibadorlik, balki ichki kuch ham baxsh etishi mumkin.

Terining toni va kunning vaqtiga qarab rang va teksturani tanlash muhimdir. Biz ushbu kuz mavsumi uchun eng yaxshi qizil lab bo‘yoqlari to‘plamini tayyorladik. 

 Chanel Rouge Allure

Ideal to‘q qizil rangni qidiryapsizmi? Unda o‘z e’tiboringizni Chanel 99 Pirate’ga qarating. Bu rang o‘zining universalligi va lablarni quritmaslik xususiyati tufayli vizajistlar va yulduzlar orasida mashhurlikka ega. U har qanday turdagi teri uchun juda mos keladi.

  • Format: Kremli
  • Finish: Satin

  

Estee Lauder Pure Color

Bu lab bo‘yog‘i jilosiz teksturalarni afzal ko‘rganlar uchun ayni muddao. O‘zining formulasi tufayli u nafaqat lablar hajmini oshiradi, balki terini quritmasdan uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi. Hatto yengil tamaddi qilgandan keyin ham rang endigina surtilgan paytdagidek to‘yinganligicha qoladi.

  •     Format: Kremli
  •     Finish: Jilosiz

 

Rouge Dior Forever

Dior brendining qizil lab bo‘yog‘i hashamat va nafislikning timsoli hisoblanadi. 999 Forever rangi o‘zining to‘yinganligi va turg‘unligi tufayli mashhur nomini qozonishga haqli. Bu mahsulot ideal ko‘rinish kerak bo‘ladigan maxsus holatlar uchun juda mos keladi. Qulay applikator lab bo‘yog‘ini oson va aniq surtish imkonini beradi, Jilosiz Finish esa lablarni uzoq soatlar davomida benuqson saqlaydi.

  •     Format: Suyuq 
  •     Finish: Jilosiz

 

NARS Bohemian Rhapsody Pencil

NARS brendining  Bohemian Rhapsody mahsuloti yorqin pardozni yoqtiradiganlar uchun eng maqbul tanlovdir. Bu qalam bilan lablarning ham konturini, ham to‘liq qoplamasini osonlik bilan yaratish mumkin. Formula labingizga kun bo‘yi sizni quvontiradigan to‘yingan jilosiz rangni beradi.

  •     Format: Qalam 
  •     Finish: Jilosiz 

 Mac Ruby Woo

MAC brendining bu juda yorqin qizil rangi  allaqachon klassikaga aylanib ulgurgan. Uning ultrajilosiz teksturasi lablarga uzoq vaqt turg‘un to‘yingan rangni beradi. Biroq shuni yodda tuting: pomadani qulaygina surtish uchun avval lablaringizni balzam bilan namlab oling.

  •     Format: Kremli
  •     Finish: Jilosiz

 Maybelline Super Stay Matte Ink

Maybelline o‘zining turg‘unligi va rangining to‘yinganligi bilan sizni quvontiradigan suyuq lab bo‘yog‘ini taklif etadi. Bu formula lablarni quritmaydi va hatto uzoq vaqt surtilganidan keyin ham iz qoldirmaydi. Murosasiz turg‘unlikni izlayotganlar uchun ideal tanlov.

  •     Format: Suyuq 
  •     Finish: Jilosiz

 Revlon Fire & Ice

1952-yilda yaratilgan Revlon brendining Fire & Ice lab bo‘yog‘i hamma uchun mos keladigan universal rangi tufayli, hamon mashhurligini saqlab qolmoqda. Tarkibiga namlantiruvchi moddalar va SPF 15 kiritilganligi sababli, bu lab bo‘yog‘i nafaqat chiroyli, balki lab terisi uchun ham foydalidir.

  •     Format: Kremli
  •     Finish: Satin

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles