Befit Sky‘da Golf Simulator

Shahar markazidagi “golf maydoni”

Poytaxtning eng zamonaviy fitnes makonlaridan biri — BeFit Sky‘da yangi yo‘nalish taqdim etildi. Toshkentdagi ilk Golf Simulator aynan shu yerda ochildi.

Endi golf ixlosmandlari sevimli mashg‘ulotlaridan bahra olish uchun shahardan tashqariga chiqishlari yoki qulay ob-havo sharoitini kutishlari shart emas. Zero Golf Simulator shaharning o‘zida haqqoniy o‘yin sharoitlarini taqdim etadi, natijada o‘yin muhitiga to‘liq sho‘ng‘iysiz va sizda xuddi tabiiy maydondagidek o‘z mahoratingizni sayqallash imkoniyati tug‘iladi.

Golf Simulator o‘zi nima? Bu sensorlar yordamida haqiqiy o‘yin muhitini yaratib beruvchi innovatsion trenajyor. Siz chinakam chavgon bilan chinakam to‘pchaga zarba berasiz, o‘ta sezgir harakat sensorlari bo‘lsa sving tezligini, chavgonning ochilish-yopilish burchagini, zarba paytida to‘pning chavgonga teggan nuqtasini aniqlab, ma’lumotlarni tizimga uzatadi. Tizim esa to‘pning harakat trayektoriyasini virtual maydonda real vaqt rejimida yuqori aniqlikda ko‘rsatib, barcha natijalarni ekranda aks ettiradi. Golf Simulator qulay, yoqimli va hamyonbop sharoitlarda haqiqiy golf o‘ynash imkonini beradi.

Malaka darajasidan qat’i nazar, jismoniy faollikning bu yangi turidan barcha birdek zavq olib, golf o‘ynash texnikasini va diqqatini jamlash qobiliyatini yaxshilay oladi:

  • yangi boshlovchilar uchun Golf Simulator — golf bilan tanishishning ajoyib usuli;
  • tajribali o‘yinchilar uchun — Toshkentdan tashqariga chiqmasdan, shaharning o‘zida mashq qilish imkoniyati;
  • qolganlar uchun esa — noodatiy ko‘ngilochar mashg‘ulot bo‘lib, kundalik hayot tashvishlaridan chalg‘ishning zo‘r yo‘lidir.

BeFit Sky sport maskanida siz murabbiy bilan yakka tartibda shug‘ullanishingiz yoki do‘stlaringiz bilan birgalikda vaqtni maroqli o‘tkazishingiz mumkin.

Golf Simulator‘ning ochilishi — bu texnologiyalar, jismoniy faollik va estetika uyg‘unlashuvchi ko‘p formatli wellness-makon sari qo‘yilgan qadam.

BeFit fitnes-klublari tarmog‘i qayta-qayta tashrif buyurish istagini uyg‘otuvchi yangi va qiziqarli lifestyle-makonni taqdim etib, fitnes sohasida yana bir yangi trend yaratdi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles