BLACKPINK’ning Lisasi
Hujjatli film

Sony Music Vision BLACKPINK a’zosi Lisa haqida rejissor Syu Kim tomonidan suratga olinadigan hujjatli film chiqarilishini e’lon qildi. Film Lisaning bir yillik hayoti, uning yakkaxon karyerasi va guruhdan tashqaridagi ijodiy yo‘li haqida hikoya qiladi.
Filmda Lisaning shaxsiyati va uning jahon musiqa sanoatiga ta’sirini ochib beruvchi eksklyuziv kadrlar namoyish etiladi. Rejissor Syu Kim qo‘shimcha qilishicha, ushbu loyiha tomoshabinlarga Lisani yangi tomondan ko‘rish va uning sahnadan tashqaridagi hayoti haqida ma’lumot olish imkonini beradi.