Blake Lively Blake Brown nomli o‘z parvarish kosmetikasini chiqardi
To‘plamga soch parvarishi uchun sakkizta vosita kiritilgan
А
ktrisa Blake Lively Blake Brown nomli soch parvarishi uchun mo‘ljallangan mahsulotlar brendini chiqarayotganligi haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘plam uchun yetti yil sarflandi.
Birinchi kapsula soch parvarishi uchun sakkizta vosita: ikki turdagi shampun, davolovchi niqoblar, soch turmaklash vositasi, mus va quruq shampunlarni o‘z ichiga olgan. Barcha vositalar tabiiy mahsulotlardan ishlab chiqilgan.
Yangi vositalar 4-avgust kuni Target do‘konlar tarmog‘ida, barcha vositalar esa 5-avgust kuni brendning rasmiy veb-saytida sotuvga chiqadi.