Boss 2026-yil bahori
«The Office Gets Emotional»

Boss brendining 2026-yil bahorgi to‘plamini emotsional xoreograf Pina Bausch va minimalizm ustasi Dieter Rams o‘rtasidagi xayoliy muloqot mahsuli deyish mumkin. Kolleksiya nemis madaniyatining qarama-qarshiliklarini o‘rganadi, bunda his-tuyg‘ular minimalizmga qarshi qo‘yiladi.
Kostyumlar ko‘p qavatlilik uslubida qayta talqin etilgan: tugmalari yechilgan ko‘ylaklarni, bo‘shatilgan bo‘yinbog‘larni, tasmali kyulotlar va hajmdor shimlarni hamda shoyi ko‘ylaklarga moslab beparvolik ila bog‘langan sharflarni ko‘rishingiz mumkin. Cho‘ntakli va o‘yindisi chuqur qilib ishlangan ko‘ylaklar, klassik shimlar bilan uyg‘unlashtirilgan trikotaj toplar va ustki kiyimlardan yaltirab turuvchi palto va trenchlar ham to‘plamga kirgan.
Kreativ direktorning ta’kidlashicha, jamoa arxivlarni qadriyatlar nuqtayi nazaridan o‘rganib chiqqan. To‘plam "sturm und drang" ruhini aks ettiradi.