Bottega Veneta
“Craft is our Language” reklama kampaniyasi

Bottega Veneta o‘zining mashhur Intrecciato charm to‘qimasining 50 yilligiga bag‘ishlangan “Craft is our Language” nomli kampaniyasini e’lon qildi. Bu uslub ilk bor 1975-yilda taqdim etilgan edi.
Kampaniyada brendning elchilari va do‘stlari – Tyler, the Creator, Julianna Mur, Zedi Smit, Dario Arjento, Viki Krips, Troy Kotsur va boshqalar ishtirok etishdi.
Suratlar va videolardan iborat to‘plam katta yubiley loyihasining bir qismiga aylandi. Kuzda Bottega Veneta brend falsafasini aks ettiruvchi 50 ta “ifoda”ni o‘z ichiga olgan kitobni nashr etadi. Shuningdek, yangi ishtirokchilar bilan kampaniyaning ikkinchi qismi ham rejalashtirilmoqda.