Bottega Veneta ilk zargarlik to‘plamini taqdim etdi
2025-yil bahor kolleksiyasi yangi kampaniyasida
Bottega Veneta moda uyi 2025-yil bahor kolleksiyasining yangi kampaniyasi doirasida o‘zining ilk zargarlik to‘plamini taqdim etdi. Suratlar muallifi – Mariya va Luiz Tornfeldt.
Ilk zargarlik to‘plamiga 15 ta buyum kiritilgan: 18 karat oltindan yasalgan tomchi sirg‘alar, bezakli teshiklari bor uzuklar, fransuz zargarlik qutichasi uslubida 18 karat oltindan yasalgan kechki sumkacha (brendning mashhur charm to‘qimasi bilan bezatilgan) va boshqa buyumlar.
To‘plam bir necha yo‘nalishga bo‘lingan: Drop, Catena, Primavera va Enhanced. Barcha taqinchoqlar Italiyaning Vichentsa shahrida ishlab chiqarilgan.
Zargarlik buyumlari yaqin orada butun dunyo bo‘ylab Bottega Veneta do‘konlarida sotuvga chiqariladi.