Brandon Maxwell faoliyatining 10 yilligini nishonladi
Sotheby‘s kimoshdi savdolar uyidagi ko‘rgazma

Nyu-Yorkda moda haftaligi boshlanishidan bir kun oldin, 9-sentyabr kuni, Brandon Maxwell Sotheby‘s zallarida 2026-yilgi bahor-yoz to‘plamini namoyish etdi.
Yubiley to‘plami sport estetikasini bolalar fantaziyasi unsurlari bilan uyg‘unlashtirdi, bular: hayvonlar terisi naqshlarida ishlangan kurtkalar, patli bezaklar, futbolka va yubkalardagi hayvon tasvirlari. Shuningdek, charm kostyumlar, ikki qator tugmali jaketlar, to‘g‘ri bichimli tor yubkalar va etagi hilpirab turuvchi ko‘ylaklar ham taqdim etildi. Maxwell Gudzon daryosi vodiysidagi Dizayn kutubxonasiga qilgan safaridan ilhomlanib, ishlarida o‘tmishga nazar solishdan voz kechganini va yengilligu quvonch ruhini tanlaganini ta’kidladi.