Casa de Campo Resort and Villas

Oskar de la Renta tomonidan loyihalashtirilgan villalar — golfli hordiq uchun ayni mos yo‘nalish

Screenshot

Dominikana Respublikasining Karib dengizi sohilidagi La-Romana shahrida joylashgan Casa de Campo Resort and Villas kurorti - chavgon bilan zamonaviy hordiq chiqarishni xush ko‘radiganlar uchun har tomonlama mos maskan. U o‘zining manzarali dalalari, go‘zal plyajlari va albatta boy tarixi bilan nom chiqargan. Kurort ayniqsa golf ixlosmandlariga va chiroyli hordiq chiqarishni yoqtiradiganlarga ma’qul tushadi.

Kurort hududidagi villalar taniqli dizayner Oskar de la Renta va me’mor Uilyam Koks tomonidan loyihalashtirilgan. Kurortda Altos de Chavón deya ataluvchi noyob maskan mavjud. XVI asrga tegishli bo‘lgan bu qishloq bugungi kunda qayta tiklangan. Me’mor Xose Antonio Karoning hunarmandlar ustaxonalari, galereyalar, Altos de Chavón Dizayn maktabi va 2023 yilda Latin American Fashion Awards marosimi o‘tkazilgan amfiteatrga ega loyihasi haqiqiy art-klasterga aylandi.

Kurortda faol hordiq chiqarish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud bo‘lsa-da, aynan golf maydonlari uni jahonga mashhur qildi. Hududdagi 3 ta maydonning bari afsonaviy dizayner Pit Day tomonidan ishlab chiqilgan. Bu maydonlarning asosiysi — Teeth of the Dog — dunyoning eng yaxshi golf maydonlari ro‘yxatiday mustahkam joy olgan. Bu yerda golf o‘ynashni endigina boshlaganlar uchun o‘quv markazi ham faoliyat ko‘rsatadi.

 

Bundan tashqari, kurort mehmonlarga xalqaro darajadagi spa xizmatlarini taqdim etadi. Spa Casa de Campo markazi o‘z faoliyatining birinchi yilidayoq nufuzli Forbes Four-Star Spa Award mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bu yerda yayrab, rohatlanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud: gidrotermal majmua, sog‘lomlashtiruvchi marosimlar, ilg‘or texnologiyalar yordamida o‘tkaziluvchi muolajalar - bularning baridan bino ichkarisida ham, ochiq havoda ham bahra olish mumkin.

 

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles