CHANEL‘dan yangilik: LES 4 OMBRES BOUTONS baxt paletkasi
Kichik paletkada yashirin ulkan ma’no

CHANEL LES 4 OMBRES afsonaviy paletkasi o‘ziga xos limitlangan turkumda qaytmoqda. Kosmetik vosita bu gal romantik, shu bilan birga brendga xos nazokatli urg‘u bilan bezatilgan: har bir rangga Moda uyining mitti timsollari - kameliya guli, №5 shisha idishi, dumli yulduz tasviri tushirilgan.
1982-yilda yaratilgan LES 4 OMBRES paletkasi vaqt o‘tishi bilan CHANEL estetikasining klassikasiga aylandi. Shakli tugmani eslatuvchi bu tenlar brendning mukammallikka intilish va har bir detalga e’tiborni o‘z ichiga oladigan qadriyatlarini namoyon qiladi. Bu shunchaki dizayn emas, balki Gabrielle Chanel uchun qadrli bo‘lgan detallarga nisbatan hurmat ramzidir. “Tugmalar muhim. Ular kayfiyat qanday bo‘lishini belgilaydi”, — deya ta’kidlardi u. Ushbu paletkada tugmalar nafis chizgiga aylanadi va vizajni o‘zlikni namoyon qilishning bir usuli va san’at asariga darajasiga olib chiqadi.
Limitlangan turkumda turli kayfiyatga mos tushuvchi to‘rtta paletka chiqarilgan: mayin Mademoiselle, dadil Baroque, nafis Couture va yorqin Stellar. Bu tenlar oson surtiladi, to‘yingan rang beradi va zeb-ziynat o‘rnini ham bosadi. Tenlar tugmacha naqshi bosib tushirilgan baxmalsimon charm qopchaga joylangan, bu ham CHANEL‘ning yana bir o‘ziga xos uslubidan darak beradi.
Fotosurat Chanel matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan