Chanel 2025-yilgi kuz-qish mavsumi kolleksiyasini namoyish etdi
Mate Blazini kutish davom etmoqda

Dizayn jamoasi arxivlar va oldingi badiiy rahbarlarning merosi ustida ishlamoqda.
Kuz-qish kolleksiyasida an’anaviy tvid jaketlari odatdagidan uzunroq. Fatin yubkalar liboslarni to‘ldirgan va ayni shu mato jaketlar hamda shim kostyumlari uchun ustki qatlam sifatida qo‘llanilgan. Chanel uchun asosiy bo‘lgan qora va oq ranglarga pushti va qaymoqrang qo‘shilgan.

foto: SPOTLIGHT/Chanel
Moviy baxmal kostyumlar to‘q qizil rangdagi jun ko‘ylaklar bilan almashindi, ulardan so‘ng bantli vinil kurtkalar namoyish etildi. Obrazlar modellar trikotaj sviterlari ustidan taqib olgan yirik marvarid marjonlar bilan yakunlandi – ularning ba’zilari mikro sumka vazifasini bajargan.

foto: SPOTLIGHT/Chanel

foto: SPOTLIGHT/Chanel

foto: SPOTLIGHT/Chanel

foto: SPOTLIGHT/Chanel

foto: SPOTLIGHT/Chanel

foto: SPOTLIGHT/Chanel

foto: SPOTLIGHT/Chanel

foto: SPOTLIGHT/Chanel

foto: SPOTLIGHT/Chanel