Chanel klassikani qayta talqin qildi
Blush uslubidagi soat

Chanel 1920-yillar kosmetikasidan ilhomlanib, Blush nomli limitlangan soatlar to‘plamini taqdim etdi. Mini to‘plam tarkibiga J12, Boy-friend, Première va Code Coco modellarining qayta talqin qilingan nusxalari kiritilgan bo‘lib, ular lab buyog‘i ranglari, upa teksturalari va kosmetik qadoq grafikasi uslubida bezatilgan.
Première modellari shokilalar bilan bezatilgan va lakka xos bo‘lgan mashhur ranglarga bo‘yalgan, Première Cuff Blush esa lab buyog‘i palitrasiga ishora qiladi. Code Coco modeli bo‘lsa 2.55 sumkasi uslubida yaratilgan. Boy-friend va Mademoiselle J12 soatlarida Gabriel Shanel tasvirlangan: pop-art talqinida u havoga bo‘sa jo‘natmoqda, boshqa versiyada esa marvaridlar taqib turgani tasvirlangan.
Soatlar Grand Feu emalli bo‘yog‘i, miniatyura, o‘ymakorlik va inkrustatsiya kabi yuqori dekorativ ishlov berish usullaridan foydalangan holda bezatilgan.