Chanel qisqa metrajli film namoyish etdi

Unda 2024-2025-yillar kruiz kolleksiyasi taqdim etilgan

Fotо: Spotlight / Chanel

Chanel moda uyi “Zamonaviy noz-karashma” nomli qisqa metrajli filmni taqdim etdi. Unda 2024-2025-yillar kruiz kolleksiyasi namoyish etilgan. Bosh rollarni Angela Yuen va Benjamin Voisin ijro etgan. Film rejissyori – Audrey Diwan.

 

Film Honkongda, ertaga bo‘lib o‘tadigan Chanel 2024-2025 kruiz kolleksiyasining takroriy namoyishi arafasida suratga olingan. Kolleksiya ilk bor o‘tgan yilning may oyida Fransiyaning Marsel shahrida taqdim etilgandi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles