Damiani yangi kolleksiyasi

Italiyaga ehtirom

Foto: instagram / damianiofficial

To‘plam Italiyaning tabiiy va me’moriy go‘zalliklaridan ilhom olingan 76 ta noyob buyumni o‘z ichiga oladi. Asosiy zargarlik buyumlari orasida kamyob 46 karatli Paraiba turmalinli Marea Rosa marjoni, shuningdek, sariq olmos va yoqutlar bilan bezatilgan Agrumia uzuklari bor.

Brend prezidenti Gvido Grassi Damiani ushbu to‘plam Italiyaga, uning madaniyati va zargarlarning mahoratiga ehtirom ifodasi ekanligini ta’kidladi. Taqdimot Rimda, Palazzo Ripetta’da o‘tkazildi. U yerda brend o‘zining yuz yilligini nishonladi va yangi mijozlarni jalb etdi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles