Demna Gvasalia

Zamonaviy moda dunyosidagi eng mashhur gruzin

Spotlight

Demna Gvasalia 1981-yil 25-martda Suxumi shahrida tug‘ilgan. 1997-yildan boshlab Gvasalia Tbilisida xalqaro iqtisodiyot bo‘yicha tahsil olgan, ammo ijod va modaga bo‘lgan muhabbat aniq fanlardan ustunligini tushungach, Demna Antverpenga ko‘chib o‘tdi va u yerda Qirollik nafis san’at akademiyasiga o‘qishga kirdi. Kiyim dizayni bo‘yicha magistraturani tugatgandan so‘ng, Demna Gvasalia erkaklar kolleksiyasi dizaynini ishlab chiqish uchun Valter van Beyrendok bilan hamkorlikni boshlaydi.

2009-yildan 2013-yilgacha Demna Fransiyaning Maison Margiela moda uyida ayollar to‘plamlari ustida ishlagan. Keyin esa Louis Vuitton uyida ayollar uchun prêt-à-porter dizayneriga aylangan.

Dizaynerning mustaqil “parvozi” 2014-yilda akasi Guram bilan birgalikda Vetements ko‘cha kiyimlari brendini ishga tushirganida boshlangan. O‘sha yili aka-ukalar brendni Parij moda haftaligida taqdim etishdi. Brend “antiglamur” kayfiyati va dekonstruktivizm uslubidagi dadil qarorlari bilan darhol e’tiborni tortdi. Har bir kolleksiya kundalik hayotning ommaviy mahsulotlarini umumiy muhokamaga olib chiqdi, ular go‘yo kiyim dizaynini umumjamiyat qadriyatga aylantirdi.

foto: Vetements S2016/ Spotlight

foto: Vetements S2016/ Spotlight

2015-yilda Demna Balenciaga moda uyining kreativ direktori bo‘ldi, bu brendni katta o‘zgarishlar va global e’tirofga olib keldi. Dizaynerning strategiyasi “xunuklikdan joziba izlash”ga aylanadi. 2019-yilda Gvasalia Vetementsni tark etib, bor e’tiborini Balenciagaga qaratdi. Yangi to‘plamlarda Demna brend merosini qayta tiklash g‘oyasini ilgari suradi, bu orqali uning yaratuvchisi Kristobal Balensiagga ehtirom bildiradi, to‘plamlarda uning usullaridan foydalanadi va kiyimlar va aksessuarda undan “iqtibos keltiradi”. 2020-yilda, 52 yildan so‘ng dizayner Balenciagada kutyur turkumini qayta tiklashga qaror qiladi. Kolleksiya noan’anaviy shakllarga qaramay, ataylab cheklangan ranglarda va oddiy ifoda usullari bilan yaratilgan. Ko‘pgina tanqidchilar Gvasalia o‘zi yaxshi ko‘rgan normkor usulini ko‘p takrorlaydi, degan xulosaga kelishadi. Biroq, bu kabi moda namunalarini yuqori modaga kiritish qiyin va natijada kolleksiyaga noaniq munosabatlar bildirilishiga sabab bo‘ldi. Balenciaga shunchaki kiyim-kechak emasligini kolleksiyada muvozanatlashtirilgan nostandart aksessuarlar va vazmin zargarlik buyumlari eslatib turadi.

foto: Balenciaga F2020/ Spotlight

foto: Balenciaga F2020/ Spotlight

2022-yilda Gvasalia Time talqinidagi moda dunyosining eng nufuzli 100 nafar odami qatoriga kirdi. Biz esa dizaynerning yangi g‘oyalari va dadil qarorlarini kuzatishda davom etamiz.

foto: Balenciaga S2020/ Spotlight

Maqolani baham ko'ring

Related articles