Didjey qiz boʻlish kerakmi yoki yoʻq?

Oʻzbekistonlik uchta Didjey qiz kasbining “teskari tomon”lari haqida oʻz qarashlari bilan oʻrtoqlashdilar

21 Iyun 2024
Foto: Unsplash

Sabina Inoyatova (Sabine) – Oʻzbekistonda elektron musiqaning yangi avlodida yetakchi shaxs hisoblanadi. Sabina “Sublimation” yorligʻining asoschisi boʻlib, u musiqa sanoatida chegaralarni surish, qoʻshma treklarni ishlab chiqarish, yangi san’atkorlarga oʻzlarining bor iste’dodlarini koʻrsatish imkoniyatini beradi. Kasbida  yetti yildan beri faoliyat yuritadi. Didjeylik sohasini Riganing didjeylikka ixtisoslashgan maktabida tahsil olayotganda o‘rgangan. Bundan tashqari, promouter, prodyuser vazifalarida ham ishlab, Rigadagi klubni boshqarishda yordam berib kelgan.

Foto: Sabina Inoyatova, fotograf Timur Ko

Bella Gataulina (DJ Bella) – estrada raqsi boʻyicha tahsil olgan, poytaxtda nafaqat ijodi bilan, balki yorqin sahna obrazlari bilan ham mashhur. Didjeylik kasbida 8 yildan beri ishlab kelmoqda. Poytaxtda oʻtkaziladigan turli tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, Afrojack bilan birgalikda Coce Festda qatnashib keladi. Boʻsh vaqtlarida fotosuratlar yig‘ish bilan shug‘ullanadi.

Foto: Bella Gataulina, fotograf Eldar Yaznur

Diana Temirgaliyeva (laniiiron) – u Toshkentdagi  Underground musiqa vakilidir. Kasbida ikki yildan beri faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga, agentlikda projekt-menejer boʻlib ishlaydi. Sublimation, Stixiya kabi maydonlarda, Rinse-France  va boshqa loyihalarda ishtirok etgan.

Foto: Diana Temirgaliyeva, fotograf Mariia Kytaieva

Oʻzbekistonda Didjey qiz boʻlish oʻzi qanday?

Sabina: "Albatta oson emas, qiyinchiliklar juda koʻp. Ayniqsa, siz turmush qurgan boʻlsangiz  va farzandlaringiz boʻlsa, ish va oilani birdek olib boorish ancha mushkul. Eng asosiysi, didjeylik ham toʻlaqonli kasb ekanini va bu ishda ham mas’uliyat borligini boshqalarga isbotlay olishingiz kerak. Didjey qizlar haqida qandaydir notoʻgʻri qarashlar bor va bunga qarshi kurashish zarur."

Bella: "Mentalitetimizni hisobga olgan holda, ba’zida erkaklar tomonidan  ahmoqona qarashlar va nooʻrin xatti-harakatlarga duch kelishingizga toʻgʻri keladi. Bir necha bor toʻyda  ular meni urishga va musiqa jihozlarimni sindirishga uringan holatlar koʻp boʻlgan. Shuning uchun, men toʻylarda oʻzimni xavfsiz his qilishim uchun qoʻriqchi yollash haqida oʻylayapman."

Diana: "Oʻzbekistonda didjey boʻlish buroz kulguli. Ba’zan oʻzingizni qizil kitobga kiritilgan jonivordek his qilasiz. Bu sohada qizlar bor, lekin siz ularni kamdan-kam koʻrasiz, garchi bu sohaga kirish unchalik qiyin boʻlmasa ham."

Qancha vaqt davomida ushbu kasb bu mintaqada “ayollarga xos boʻlmagan kasblar” qatorida boʻlgan va bu oʻzgarishlarga nima ta’sir qilgan?

Sabina: "Menimcha, har doim. Vaziyat soʻnggi ikki yil ichida oʻzgara boshladi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, koʻplab Line-up chiziqlari faqat erkaklar uchun, juda kam hollarda esa ayollar uchun yoki aralash joylashtirilgan."

Bella: "Oʻzgarishlar so‘nggi ming yillik avlodlari bilan boshlandi, chunki ular oʻz  qarashlariga ega, koʻproq ochiq va erkin fikrlashadi."

Diana: "Ehtimol, bugungi kungacha bu kasb erkaklarniki boʻlib qolmoqdadir, biroq oʻzim tomondan shuni ta’kidlab oʻtishim  kerakki, “Стихия” festivali va  “Fragment” guruhi paydo boʻlgandan beri, ya’ni 2018-yilda katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Oʻshandan beri didjeylik sohasida ayol didjeylari paydo boʻla boshladi. Boshqa promo-guruhlarning vujudga kelishi bilan oʻzgarishlar kuchaydi va koʻp qizlar ham didjeylik faoliyatiga qiziqib, oʻzlarini bu yoʻnalishda sinab koʻrishni boshladilar. Oʻzim tomondan bu sohadagi ikkita ustozimni Mari Breslavets va Sabinelarni aytib oʻtishim mumkin. Birinchisi menga didjeylik asoslarini oʻrgatdi, ikkinchisi esa shu sohada oʻzimni sinab koʻrishim uchun ilhomlantirdi."

Ish vaqtidagi eng unutilmas lahza haqida gapirib bering

Sabina: "Men uchun bu lahza “Boiler room”dagi toʻplam  bilan bogʻliq. Men shu vaqtda aqldan ozadigan darajada stressni, adrenalinni va bir vaqtning o‘zida eng yaxshi  his-tuygʻularni, unutilmas daqiqalarni boshdan kechirdim."

Bella: "Esda qolarli daqiqalardan biri bu - Coke Fest (Coca Cola)da  men dunyoga mashhur Dj Afrojack oldida chiqish qilganim boʻldi. Buni unutish mumkin emas."

Diana: "Men ehtimol, “Stixiya”ga birinchi taklifni qoʻlga kiritganimni  alohida e’tirof etgan boʻlardim. Sababi, oʻsha paytlarda men endigina ijro etishni boshlayotgan edim va bu taklif men uchun katta sharaf edi. Oʻsha paytda men juda katta auditoriyani raqsga tushirishga muvaffaq boʻldim. Qolganida esa har safar birinchisiga oʻxshab, raqs maydonchasida odamlarning raqsga berilib oʻynayotganini  koʻrish va katta-katta san’atkorlar bilan bir sahnada oʻynash juda yoqimli ekanini his qilaman. Bularning barchasi har doim xotirada va yurakda ehtiyotkorlik bilan saqlanadi."

Kasbingizda eng qiyin narsa nima?

Sabina: "Qayta tiklanish va uyqu. Dam olish kunlari oilaviy kunlar bo‘lgani sababli koʻpincha bu ikkisiga vaqt topolmayman. Kechasi toʻplamlarni tayyorlashim, kunduzi esa rafiqa va ona rolida boʻlishim kerak."

Bella: "Menimcha, eng qiyini  bu toʻplamga tayyorgarlik koʻrish, materialni topish va uni tanlab olish. Bu koʻp vaqtni va kuchni sarflaydi. Shuni aytish joizki, bizning kasbimizdagi eng katta qiyinchilik bu - tartibsiz va tungi jadval asosida ishlashimizdir. Bundan tashqari, bir joyda 3-4 soat tik turish ham oson emas, ayniqsa, siz poshnali tuflida boʻlsangiz va kechqurunning oʻzida uchta toʻplamingiz boʻlsa."

Ishdagi oʻziga xos uslubingiz haqida gapirib bering

Sabina: "Jamoatchilik bilan ishlash. Men Sharqning namunalaridan foydalanishni va janrlar bilan tajriba qilishni xush koʻraman."

Bella: "Men odamlarning haqiqiy his-tuygʻularini koʻrishni, ularni hayratda qoldirishni va natijada kayfiyatlari oʻzgarishini kuzatishni yaxshi koʻraman. Albatta, yorqin obrazlar va oʻz uslubim haqida ham unutmayman."

Diana: "Men koʻpincha “tekis yoki singan bochka”ni oʻynashdan zerikaman. Men har doim ularni o‘zgacha tarzda birlashtirib, bu bilan uyg‘unlikka urg‘u berishga harakat qilaman, chunki unda dinamika mavjud bo‘ladi."

Agar siz har bir toʻplamingizga bir qoʻshiqni kiritmoqchi boʻlsangiz, unda u qaysi trek boʻlardi?

Sabina: "Oxirgi paytlarda men ushbu trek – “Daisi chain – Mamasei”ni har doim ijro etgim keladi. Chunki bunda raqs ritmlari bor. Men esa raqsni sevaman."

Bella: "Men musiqa ixlosmandiman. Shuning uchun, bu men uchun qiyin savol. Agar tanlash kerak bo‘lsa, bu “ Children-Tinlicker, Robert Miles” bo‘lar edi."

Diana: "Superalisa - Tatariston Super Gud"

Bu ish qanchalik foyda keltiradi?

Sabina: "Hammasi juda nisbiy. Agar bu tijorat loyihasi boʻlmasa, unda gʻoya uchun doim ishtirok etishga tayyorman. Agar tijorat loyihasi boʻlsa, men gonorarning toʻliq miqdorini soʻrayman. Ammo men hozir oʻz ta’limimga koʻp sarmoya kiritadigan bosqichdaman. Men koʻp vaqtimni studiyada oʻtkazaman. Oʻzbekistonda didjey qizlarini koʻp taklif qilmasliklarini hisobga olsak, yashash uchun pul topish juda qiyin."

Bella: "Ishonchim komilki, agar mehr bilan qattiq ishlasangiz, har qanday kasbda munosib maosh olasiz. Bevosita didjeylik sohasiga  kelsak, bu ish juda koʻp foyda keltiradigan ish va bizning maoshimiz oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori hisoblanadi."

Diana: "Bu bizning bozorimizda mutlaqo foyda keltirmaydi. Aniqrogʻi,  koʻproq tijorat  musiqasini ijro etayotganlar uchun foydali boʻlishi mumkin. Koʻpincha, treklarni sotib olish xarajatlari har bir ijro uchun toʻlanadigan toʻlovdan oshib ketadi. Vaziyat oʻzgaryapti, ammo juda asta-sekinlik bilan."

Bu ish shaxsiy hayotga qanchalik ta’sir qiladi?

Sabina:  "Ta’sir eng qiyini: qabul qilmaslikdan tortib, maqtovgacha. Men bu bosqichlarning hammasini boshimdan kechirdim. Hozirgi paytda esa, hammadan koʻp  mening oilam  meni qoʻllab-quvvatlaydi. Buning uchun men ulardan juda minnatdorman. Ayniqsa, turmush oʻrtogʻim meni hammadan ko‘proq qoʻllab-quvvatlaydi."

Bella: "Bu ish shaxsiy hayotga hech qanday ta’sir qilmaydi. Agar yoningizdagi inson sizni tushunadigan boʻlsa, unda hech qanday muammo boʻlmaydi."

Diana: "Didjeylik tufayli koʻp tanishlar orttirdim. Sizning musiqiy kechalaringiz ijtimoiy hayotingizga yorqinlik olib kiradi."

Oʻzbekistonda didjeylik sanoatining keyingi rivojlanishi haqida  taxminlaringiz haqida soʻzlab bering

Sabina: "Ayni paytda ushbu sanoat juda yaxshi rivojlanib kelmoqda. Sahnani rivojlantishga harakar qiladigan promouterlar  paydo boʻldi. Soʻnggi ikki yil ichida koʻp narsa oʻzgardi.  Boiler room oʻtkazildi. Shuningdek, bu yili katta elektron festivali va elektron musiqa, didjeylik sohasi, prodyuserlik mavzusida konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Workshoplar va master-klasslar boʻladi. Yozgi davr uchun didjeylik maktablarini ochish ham koʻzda tutilyapti. Madina bilan rejalarimiz katta. Oʻzbekistonda bu sohani rivojlantirish, nafaqat bu yerda, balki  chet elda ham chiqishlar bilan ishtirok etish, targʻib qilish imkonini yaratish biz uchun juda muhim."

Diana: "Men koʻproq yangi ismlarni, bularning  koʻpi ayollar boʻlishini, turli xil janrlarda oʻynashni xohlovchilarni koʻrishni istayman. Men ijodkorlar bir janrda qotib qolishini xohlamayman. Rivojlanish sezilarli. Ammo men promo-guruhlar zoʻr  narsani koʻrsatish uchun bu borada taslim boʻlmasliklarini istardim. Menimcha, Oʻzbekistonda vaqtni chogʻ oʻtkazish uchun joylar koʻp, asosiysi, toʻxtamaslik va bu odamlarga qanchalik qiziqarli va zavqli ekanligini koʻrsatishni davom ettirish."

Bella: "Toshkentda  sifatli, intellektual, murakkab musiqani ijro etadigan  yangi joylar, barlar tobora koʻpayib bormoqda. Soʻnggi 5 yil ichida faol oʻtkazilib kelinayotgan elektron musiqa festivallarini unutmasligimiz darkor. Masalan: shov-shuvli Stixiya festivali. Odamlar bu festivalga hatto chet eldan ham kelishadi. Bu esa turizm sohasi ham rivojlanib, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir koʻrsatayotganidan darak beradi. Atrofimizdagi musiqa odamlarni birlashtiradi. Shuning uchun, musiqa sanoatini va didjeylik sohasini rivojlantirish juda muhimdir. Men chin qalbimdan biz toʻgʻri yoʻlda ekanligimizga ishonaman."

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles