Dior 2025-yil kuz-qish kolleksiyasini taqdim etdi

Hajviy modernizm

08 Mar 2025
foto: SPOTLIGHT / Dior

Mariya Gratsiya Kyuri kutyur kolleksiyasi g‘oyasini davom ettirib, tarixiy liboslarni o‘rganmoqda. Kuz-qish 2025 kolleksiyasini yaratishda kreativ direktor Virjiniya Vulfning “Orlando” romanining ekranizatsiyasidan ilhom oldi – film 1992-yilda Salli Potter tomonidan suratga olingan bo‘lib, bosh rolni Tilda Suinton ijro etgan.

foto: SPOTLIGHT / Dior

Baland yoqali jiletlar, to‘rli figurali ko‘ylaklar, keng manjetli ko‘ylaklar, yelkasi tushirilgan palto, korsetlar, parka kurtkalar va etik hamda tuflidan iborat gibrid oyoq kiyimlari – bularning barchasi Kyuri tomonidan aynan o‘sha filmning kostyum bo‘yicha rassomi Sendi Pauell bilan hamkorlikda yaratilgan.

foto: SPOTLIGHT / Dior

Maria Gratsiya yana “J'adore” yozuvli futbolkalarga murojaat qildi. Kutyur kolleksiyasidan ilhomlanib, u to‘plamga krinolinli mini-ko'ylaklar va to‘r bilan bezatilgan motosikl kostyumlarini ham qo‘shdi. Beretlar, uzun paypoqlar va bahromali sumkalar Christian Dior kuz-qish 2025 kolleksiyasining aksessuarlar qatorini to‘ldirdi.

foto: SPOTLIGHT / Dior

foto: SPOTLIGHT / Dior

foto: SPOTLIGHT / Dior

foto: SPOTLIGHT / Dior

foto: SPOTLIGHT / Dior

Maqolani baham ko'ring

Related articles