Dior Resort 2025 shousi mehmonlari

Moda uyining ambassadorlari va do‘stlari Shotlandiyaga yetib kelishdi.

14 Iyun 2024

Drammond qasrining bog‘ida Maria Grazia Chiuri kruiz to‘plamini taqdim qildi – u to‘liq Shotlandiya madaniyati ruhini aks etadi. Stilizatsiyani esa Elin Swan amalga oshirdi. 

Shouda moda uyining ambassadorlari Jennifer Lawrence va Anya Taylor-Joy, shuningdek fransuz modeli Laetitia Casta, Buyuk Britaniyalik yozuvchi Alexa Chung, aktrisalar Lily Collins, Rosamund Pike, Maisie Williams, qo‘shiqchi Geri Halliwell, tennis o‘yinchisi Emma Raducanu, model Shay Mitchell, jurnalist Beatrice Borromeo kabilar ishtirok etishdi. Shuni aytish joizki, 1955-yilda aynan shu qasrda Christian Dior o‘zining xayriya shou va balini o‘tkazgan.

Bal nima bilan esda qolganini mana bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles