Dior va Teatro della Cometa
2026-yilgi kruiz kolleksiyasi

San’at homiysi grafinya Mimi Pechchi Blant tomonidan asos solingan Teatro della Cometa xususiy teatri endi Mariya Gratsiya Kyuri tomonidan uzoq muddatli rekonstruksiya qilinganidan keyin yana jamoatchilik uchun ochiq. Yangilangan teatr sahnasi 27-may kuni bo‘lib o‘tadigan namoyish uchun maydon vazifasini o‘taydi. Taxminlarga ko‘ra, teatr sahnasidag Dior kruiz kolleksiyasi Mariya Gratsiya Kyurining moda uyi uchun yaratgan so‘nggi to‘plami bo‘ladi.
Namoyishdan keyin Teatro della Cometa Rimda eksperimental spektakllar uchun madaniy makon sifatida faoliyat yuritadi.